Get Mystery Box with random crypto!

Birlashgan Arab Amirliklarida dronlar yordamida yomg‘ir yog‘di | Dunyoda

Birlashgan Arab Amirliklarida dronlar yordamida yomg‘ir yog‘dirishmoqda.

Osmonga lazer nuri bilan ishlaydigan dronlarni uchirib bulutlarga otishadi va elektr energiyasi bilan to‘ldirishadi. Havo elektrlashtiriladi, suv tomchilari bir joyga to‘planadi, kattaroq bo‘ladi va yomg‘ir shaklida yerga tusha boshlaydi.

Iyun oyida texnologiya tufayli +50 °C issiqligiga qaramasdan, Birlashgan Arab Amirliklarining bir qator hududlarida yomg‘ir yog‘di.

Og‘ir iqlim sharoitlari qishloq xo‘jaligini boshqarishni qiyinlashtiradi. Amirliklar oziq-ovqatning 80% dan ko‘prog‘ini import qilishlari kerak.


@Dunyoda