Get Mystery Box with random crypto!

Kartoshkali Shaftoli MASALLIQLAR: kartoshka - 10 dona piyoz | Dunyo taomlari

Kartoshkali Shaftoli

MASALLIQLAR:

kartoshka - 10 dona
piyoz - 1 dona
un - 6 osh qoshiq
tuxum - 1 dona
ziravor - bir chimdim
pishloq - 100 gr
mol go'shti qiymasi - 200 gr
tuxum oqi - 1 dona
nami qochgan non - ta'bga ko'ra

Tayyorlanishi:

kartoshkani qaynatib, soviting, so‘ng tozalang. Qiymaga ziravor va mayda to‘g‘ralgan piyoz qo‘shing. Kichkina kotletchalar shaklida yumaloqlab, qovurib oling. Kartoshkani qirg‘ichdan o‘tkazib, ikkiga bo‘ling. Tuz, murch aralashtiring. Shuningdek, bir qismiga sariq rangli ziravor, ikkinchisiga garmdori aralashtiring. Butun tuxumni ikkiga bo‘lib, ikkala kartoshkali aralashmaga qo‘shing. Pishloqni qirg‘ichdan o‘tkazib, ikkalasigayam aralashtiring.
Endi un qo‘shasiz (unni kartoshka holatiga qarab ko‘proq yoki kamroq solasiz). Ikkala kartoshkali aralashmadan bir osh qoshiqdan olib birlashtiring (sar­g‘ish-qizg‘ish yon tomon hosil bo‘ladi). So‘ng 2 ta kulchacha yoyib, birining o‘rtasiga kotletni joylang va ikkinchi qismi bilan yoping. Chetlarini birlashtirib chiqing. Ustiga cho‘tka bilan tuxum oqidan surib, non ushoqlarini seping. Barcha (8 tacha) shaftolini yog‘ surilgan qolipga tering. Oldindan 200 darajagacha qizdirilgan duxovkada 10-15 daqiqa davomida pishiring.