Get Mystery Box with random crypto!

Men qidirgan soʻzlar lugʻatlarda yoʻq, Men istagan hayot qayda | ILM NURI🌙

Men qidirgan soʻzlar lugʻatlarda yoʻq,
Men istagan hayot qayda bilmadim.
Oʻylagan qiyofam surʼatlarda yoʻq,
Orzular-orzusin pisand qilmadim.
Lahzalik umrimga berolmay maʼno,
Pardalar nariga surilmayotir.
Oʻzimchi, bir siqim tuproqman ammo,
Men izlagan dunyo koʻrinmayotir...

t.me/dunyo_hayoti_9