Get Mystery Box with random crypto!

SOTUVLARINGIZni 1 oyda 2 BAROBARga oshirishning 7 ta qadami | 🌸🕊Favourite🕊🌸

SOTUVLARINGIZni 1 oyda 2 BAROBARga oshirishning 7 ta qadami

Oxirigacha oʻqib oʻrganib oling. Bu bosqichlar juda ham muhim!

Odatda koʻpchiligimiz mahsulotimizni koʻp maqtab yuboramiz va natijada MIJOZga rolni berib qoʻyamiz.

-bosqich. Rolni qoʻlingizga oling.

Yaʼni quyidagicha yoʻl tutishingiz mumkin:

— Keling Siz bilan quyidagicha qilamiz. Sizga soni, narxi, kuni, rangi boʻyicha bir nechta savol beraman. Siz javob berasiz. Men Sizga variantlarni taklif qilaman. Siz koʻrasiz, oʻrganasiz, Agar Sizga yoqsa hamma detallarini gaplashib olamiz. Ok?

-bosqich. Ehtiyoj aniqlanadi.

Bu bosqich juda ham muhim. Bu bosqich Sizga toʻliq muammolarni ochib beradi!
Biz bilishimiz kerak:
-Mijozimiz malakasi qanchalik yuqori?
-Uning uchun mahsulotingiz qanchalik zarur?
-Mijozning byudjeti qancha?
-Qanchalik tez qaror qabul qila oladi?

-bosqich. Texnik tomonlarni aniqlang yaʼni:
-Mijozingiz Sizdan qancha miqdorda mahsulot olmoqchi?
-Qanaqa ranglarda boʻlsin?

-bosqich. Muhimlik bosqichi.
-Mijozingiz uchun eng muhimi nima? (narxmi yoki sifatmi).
-Muhim emaslari nimalar?
-Birinchi oʻrinda qaysinisi kerak?

-bosqich. Maxsus savollar.
-Mijoz uchun yana qanday modellar qiziq?
-Qanday imtiyozlar boʻlishini xohlaydi?
-Sizning qaysi xislatingiz unga yoqadi?
-Nima uchun Siz bilan ishlamoqchi?

-bosqich. Byudjetni aniqlash bosqichi.
-Sizga ortiqcha narsa taklif qilmasligim uchun menga taxminiy byudjetingizni aytsangiz? Men Sizga qarab tovar taklif qilaman!

-bosqich. Muddatni aniqlash bosqichi.
-Mahsulotni qachonga tayyorlab beray?
-Shartnomani qachon imzolaymiz?
-Pulni qanday usulda toʻlaysiz?

Ushbu bosqichlarni oʻzingizda sinab ko'ring
Kanalimizga obuna bo'ling!


@motivatsiya_psixologiya_biznes