Get Mystery Box with random crypto!

Tez yordam raqamlari : 1. Hayot ko’zinga qorong’u ko’rinsa B | Dun'ya_Di🍃

Tez yordam raqamlari :

1. Hayot ko’zinga qorong’u ko’rinsa
Baqara surasi 25-oyat

2. Allohga osiy bo’ldingmi
Zumar surasi 53-oyat

3. Huzur topmoqchi bo’lsang
Moida surasi 16-oyat

4. Kerakli insoningni yo’qotganingda
Yusuf surasi 87-oyat

5. Charchadingmi
Ash-sharh surasi 5 -oyat


1. Iymon keltirgan va solih amallar qilganlarga ular uchun ostidan anhorlar oqib turgan jannatlar borligining bashoratini ber. Qachonki ularning mevasidan baxramand bo’lsalar, bundan avval xam rizqlangan edik derlar. Ularga shunga o’xshash narsalar berilgandir. Ularga u yerda pokiza juftlar bor ular u yerda abadiy qolurlar.
Baqara surasi 25-oyat


2. Sen mening tarafimdan: “ Ey o’z joniga jabr qilgan bandalarim, Allohning rahmatidan noumid bo’lmang! Albatta Alloh barcha gunoxlarni mag’firat etar. Albatta uning O’zi o’ta mag’firatli va o’ta rahimli Zotdir “, deb ayt.
Zumar surasi 53-oyat


3. U bilan Alloh O’z roziligini istaganlarini salom yo’llariga boshlar va ularni o’z izni ila zulmatlardan nurga chiqarar. Hamda sirotul Mustaqiymga hidoyat qilur.
Moida surasi 16-oyat


4. Ey o’g’illarim boringlar, Yusufni va uning ukasini yaxshilab izlaglar, Allohning raxmatidan noumid bo’lmanglar. Haqiqatdan Allohning rahmatidan faqatgina kofir qavimlargina noumid bo’lurlar “dedi
Yusuf surasi 87-oyat

5. Bas, albatta qiyinchilik bilan osonchilik bordir.
Ash-sharh surasi 5 -oyat

@dunya_di