Get Mystery Box with random crypto!

Rajab oyi muborak bo’lsin! “Rajab” so’zi qanday ma’noni angla | Dun'ya_Di🍃

Rajab oyi muborak bo’lsin!

“Rajab” so’zi qanday ma’noni anglatadi?
– “Rajab” so’zi “ulug’lash”, “hurmatlash” ma’nolarini anglatadi.

Rajab oyi qanday oy?
– Rajab oyi – Alloh taolo urush qilish harom qilgan (Zulqa’da, Zulhijja, Muharram, Rajab) oylaridan biridir.

Rajab oyida qanday tarixiy voqealar yuz bergan
– Yer yuzini suv bosgan to’fonda Nuh alayhissalom kemaga rajab oyining birinchi kuni minganlar;
– Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ilk vahiy rajab oyida nozil bo’lgan;
– Mashhur qavlga ko’ra, Isro va Me’roj voqeasi rajab oyida sodir bo’lgan.

@dunya_di