Get Mystery Box with random crypto!

#Tabrik Qadrli yurtdoshlar! Sizlarni eng ulug‘, eng aziz bay | DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Tabrik

Qadrli yurtdoshlar!
Sizlarni eng ulug‘, eng aziz bayram – Mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz!

Mustaqilligimizni mustahkamlash, Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz hayoti farovonligi yo‘lida amalga oshirayotgan ezgu va xayrli ishlaringizga zafarlar yor bo‘lsin!

Xalqimizning bebaho xazinasi, milliy o‘zligimiz ramzi bo‘lgan ona tilimizni asrab-avaylash, uni avlodlarga bezavol yetkazishda, jonajon tilimizning o‘rni va nufuzini oshirishda barchangizni hamjihatlikka, hamkorlikka chorlaymiz!

Sizlarga mustahkam salomatlik, uzoq umr, oilangizga to‘kinlik, totuvlik, shodu xurramlik tilaymiz!
Betakror diyorimiz – g‘o‘zal O‘zbekistonimizning quyoshi mangu porlab tursin!
Istiqlolimiz umrboqiy bo‘lsin!

Vazirlar Mahkamasining
Ma'naviyat va davlat tilini
rivojlantirish masalalari
departamenti


Kanalga ulanish
https://t.me/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook