Get Mystery Box with random crypto!

#Maqollar_tarifi Bir balosi boʻlmasa, shudgorda quyruq na qil | DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#Maqollar_tarifi

Bir balosi boʻlmasa, shudgorda quyruq na qilur?

Bu maqol tulkining tilidan aytilgan. Tulki yogʻga oʻch boʻladi. Oʻtmishda ovchilar uni tutish uchun qopqonni tuproqqa koʻmib, ustiga bir parcha quyruq yogʻi qoʻyib qoʻyardilar. Tulki uni yeyman deb kelib, qopqonga ilinardi. Ammo hamma tulkilar ham osongina qoʻlga tushavermasdi. Negaki tulki boshqa hayvonlar ichida eng sezgir, ayyor va hushyordir. Mazkur maqol shuning natijasida yuzaga kelgan boʻlib, majoziy maʼnoda odamlarni hushyor, ehtiyotkor boʻlishga undaydi.

Boshqa shakllari:
• Bozordagi botmon quyruq, taroziga tortgan quyruq. Bir balosi boʻlmasa, nega shudgorda yotgan quyruq?!
• Bir balosi boʻlmasa, kavakda kabob na qilur?

Oʻzbek maqollarining izohli lugʻatidan

Kanalga ulanish https://t.me/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook