Get Mystery Box with random crypto!

#jarayon Maktablar yangi o‘quv yiliga tayyormi? Bugun bu | DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

#jarayon

Maktablar yangi o‘quv yiliga tayyormi?

Bugun bu savol nafaqat XTB mas’ullari va xodimlariga tegishli, balki vatanimiz kelajagi bo‘lgan yosh avlod taqdiriga befarq bo‘lmagan barchani qiziqtirayotgan savoldir.

Kuni kecha Chiroqchi tumanida hokim maslahatchisi R.Nomozova hamda ishchi guruhi a’zolari ishtirokida hududda joylashgan 31-, 77-, 5-sonli umumta’lim maktablarida «Davlat tili haqida»gi Qonun ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida mazkur maktablarda ish yuritish hujjatlarining davlat tilida bo‘lishini ta’minlash va tashqi targ‘ibot vositalarining lotin yozuvidagi o‘zbek alifbosida yozilganlik holati o‘rganildi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul xodimlarga ogohlantirishlar berildi.

Bu kabi nazorat tadbirlari davom etmoqda.


Kanalga ulanish https://t.me/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook