Get Mystery Box with random crypto!

#tabrik Bugun yurtimizda ulugʼ bayram, katta tantana. Koʼpmil | Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

#tabrik

Bugun yurtimizda ulugʼ bayram, katta tantana. Koʼpmillatli Oʼzbekiston xalqi jonajon Vatanimiz istiqlolining shonli 31 yillik toʼyini “Yangi Oʼzbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida zoʼr shod-u xurramlik bilan nishonlamoqda.
Shu munosabat bilan siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni chin qalbimdan tabriklab, oʼzimning samimiy va eng ezgu tilaklarimni bildiraman.
Bugun mustaqilligimizning birinchi yilida tugʼilgan bolalar oʼttiz bir yoshga yetdi. Men mana shu navqiron yoshlarimizga, aziz oʼgʼil-qizlarimga murojaat qilib aytmoqchiman: fursatdan foydalanib, siz qadrdonlarimni, mo'tabar nuroniylarimiz, mehribon opa-singillarimiz, azmu shijoatli yoshlarimizni, butun xalqimizni Mustaqillik bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.
Mana shu muborak ayyomda barcha yutuqlarimizning bunyodkori boʼlgan mehnatkash, mard va saxovatli, bagʼrikeng va olijanob xalqimizga farzandlik mehri bilan taʼzim qilaman. Oq yuvib, oq tarab voyaga yetkazgan ona xalqimiz doimo omon boʼlsin!