Get Mystery Box with random crypto!

DTM YANGILIKLAR || Rasmiy Kanali

Telegram kanalining logotibi dtmyangiliklar_uz — DTM YANGILIKLAR || Rasmiy Kanali D
Telegram kanalining logotibi dtmyangiliklar_uz — DTM YANGILIKLAR || Rasmiy Kanali
Kanal manzili: @dtmyangiliklar_uz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 476
Kanalning ta’rifi

@DTMYangiliklar_UZ || Axborot portalining Telegram sahifasiga xush kelibsiz!
🎗• Biz orqali rasmiy yangiliklar, eng muhim ma'lumotlar hamda original testlar
🎗•Ta'limga oid so'ngi yangiliklarni biz bilan kuzatib boring.

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2020-10-10 18:50:44 ​​ 1-kurs talabalari 12-oktabrdan boshlanayotgan anʼanaviy taʼlim shaklidagi tanishuv darslariga “rasmiy kiyim”da kelishlari kerakligi aytildi

Xabaringiz bor, talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar — 1-kurs talabalarga 12-oktabrdan oliy taʼlim muassasalarida tanishuv darslari boshlanmoqda. Bu borada qoʻshimcha maʼlumot olish uchun bir qancha oliy taʼlim muassasasi bilan bogʻlandik.

Maʼlum qilinishicha, 1-kurs talabalar anʼanaviy taʼlim shaklida boshlanayotgan tanishuv darslariga “rasmiy kiyim”da (formada) kelishlari kerakligi tavsiya etilgan.

Xususan, Toshkent davlat yuridik universiteti ham Telegramdagi rasmiy kanali orqali 1-kurs talabalari 12-oktabrdan tanishuv darslariga “rasmiy kiyim”da kelishini talab qilgan (rasm quyida).

Bundan tashqari, talabalar masofaviy o‘qish ko‘nikmalari va bilimlariga ega bo‘lish maqsadida internet tarmog‘iga ulangan noutbuk yoki smartfon olib kelishlari kerakligi, tibbiy niqobda bo‘lish, shaxsiy gigiyena va ijtimoiy masofani saqlashga qat’iy rioya etishlari tavsiya etiladi.

Kanalga ulanish:
@DTMYangiliklar_UZ
1.7K views15:50
Ochish/sharhlash
2020-10-08 16:58:12 ​​#Tezkor
Onlayn darslar kelasi yilgacha davom etadi, ananaviy darslar hali beri boshlanmaydi!

Bizga talabalar tomonidan anʼanaviy taʼlim qachondan boshlanishi haqida koʻplab savollar keladi. Bu boʻyicha vazirlik biror joyda tayinli maʼlumot bermagan. Shundan soʻng, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligidagi manbalarimiz bilan bogʻlandik va ushbu savollarga aniqlik kiritishga harakat qildik.

Maʼlum qilinishicha, kamida 2-semestrgacha oliy taʼlim muassasalari anʼanaviy taʼlimga qaytmaydi. Vazirlik rejasiga koʻra, talabalar joriy semestrni masofaviy (onlayn) shaklda boshlab, shu shaklda yakunlaydilar. Bundan tashqari, 2-semestrdan (fevraldan) ham anʼanaviy taʼlim aniq boshlanadi, deb ham maʼlumot bera olmasliklari aytildi . Negaki 2-semestr ham masofaviy (onlayn) shaklda davom etish ehtimoli mavjud ekan.

Shu oʻrinda qoʻshimcha qilinishicha, bu rejalar “yuqoridan” keladigan topshiriqlardan kelib chiqib mutlaqo oʻzgarib ketishi ham mumkin.

Manba: masofatalim

Barcha talabalar uchun
@DTMYangiliklar_UZ
2.0K views13:58
Ochish/sharhlash
2020-10-07 18:31:09 #Muhim_xabar #Super_kontrakt

Rasman: Super kontrakt narxlari tasdiqlandi

O‘zR ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2020-yil 5-son bayoni bilan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdorlari tasdiqlandi.

Super-kontrakt narxini qanday hisoblayman?

Mazkur miqdorlar joriy yil kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga 4 baldan ortiq yetmagan va Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan minimal ball (56,7 ball)dan kam bo‘lmagan holda qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarga birinchi o‘quv yili uchun qo‘llaniladi.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari ushbu ta’lim shakli uchun belgilangan stipendiyasiz bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga 10 foizli chegirma qo‘llangan holda hisoblanadi.

Batafsil maʼlumot

@DTMYangiliklar_UZ
1.7K views15:31
Ochish/sharhlash
2020-10-07 17:45:49
«Бахтиёрлар жаннатдадирлар, унда мангу қолувчидирлар»
(Худ,108)

Bu bizning yangi kanalimiz.
Uni faqatgina foydamizga hujjat qilsin.

@laa_tahzan1702

Reklama
1.4K views14:45
Ochish/sharhlash
2020-10-07 16:57:32 ​​Apellatsiya shikoyatlarini qabul qilish yakunlandi

Test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellatsiya shikoyatlari 27-sentabrdan 6-oktabrga qadar (shu kunlari ham) abituriyentlarning shaxsiy kabinetlari (abitur.dtm.uz) orqali qabul qilindi.

10 kun davomida 11 772 nafar abituriyent tomonidan apellatsiya shikoyatlari kelib tushdi.

Apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2020-yil 28-sentabrdan boshlangan bo‘lib, belgilangan muddatda apellatsiya shikoyati bergan abituriyentlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish davom etmoqda.

Batafsil ma'lumot
@DTMYangiliklar_UZ
1.3K views13:57
Ochish/sharhlash
2020-10-07 11:32:28 ​​​​Super-kontrakt har yili to‘lanadimi yoki bir marta?

Bir marta to‘lanadi. 1-o‘quv yilini tugatgandan so‘ng keyingi yillarda hamma qatori oddiy kontraktni to‘lab o‘qishadi.

— Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lasa bo‘ladimi?

O‘tgan yili super-kontraktni yil davomida ikkiga bo‘lib yoki hattoki oylarga bo‘lib to‘lash imkoniyati ham berilgan edi. Joriy yilda ham berilsa kerak.

— Super-kontrakt uchun ta’lim krediti olsa bo‘ladimi?

Yo‘q, super-kontrakt uchun ta’lim krediti berish amaldagi qonunchilikda belgilanmagan. Lekin banklar bozor narxlarida o‘z kreditlarini taklif etishi mumkin.

— Magistraturada ham qo‘shimcha qabul bormi?

Ha, bor. Faqat magistraturada bakalavrga o‘xshab tabaqalashtirilgan qimmat kontrakt to‘lanmaydi, oddiy kontrakt narxi qancha bo‘lsa, qo‘shimcha qabul qilingan magistrlar ham shuncha to‘lashadi.

Batafsil ma'lumot
@DTMYangiliklar_UZ
1.3K views08:32
Ochish/sharhlash
2020-10-07 11:00:09 Super-kontraktning eng qimmat miqdori 230mln soʻmga yaqin boʻlmoqda

Kirish chizig‘iga 4 ballgacha yetmaganlar super-kontraktni quyidagi miqdorda to‘lashadi:

1 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun - 1,5 barobar;

1.1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun - 2,0 barobar;

2.1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun - 2,5 barobar;

3.1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun - 3,0 barobar.

To‘plagan bali kirish chizig‘iga 4 balldan ortiq yetmagan, lekin 56,7 dan ko‘p ball to‘plagan abituriyentlar uchun super-kontrakt miqdorlari quyidagicha:

Eng qimmat miqdor yurisprudensiya yo‘nalishida — 25 barobar, ya'ni 229 mln 184 ming so‘m.

Keyingi o‘rinda tibbiyot yo‘nalishiniki — 20 barobar, ya'ni 170 mln 649 ming so‘m.

Qolgan yo‘nalishlar 10 va 15 barobar miqdorda belgilangan.

Eslatma: barobar - ta'lim yo‘nalishiga belgilangan kontrakt summasining barobari nazarda tutilmoqda. Yo‘nalishlar bo‘yicha bir yillik kontrakt summasi bu erda.

Batafsil maʼlumot
@DTMYangiliklar_UZ
2.1K views08:00
Ochish/sharhlash
2020-10-04 15:38:20 #Mandat - 2020
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga 2020/2021 o‘quv yilida o‘qishga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarining natijalari qaydnomasi

KUNDUZGI TAʼLIM SHAKLI:

Tarix: Eron tarixi

Tarix: Koreya tarixi

Tarix: Markaziy Osiyo xalqlari tarixi

Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Xitoy

Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Koreya

Filologiya va tillarni o‘qitish: koreys tili

Filologiya va tillarni o‘qitish: yapon tili

Filologiya va tillarni o‘qitish: arab tili

Filologiya va tillarni o‘qitish: xitoy tili

Filologiya va tillarni o‘qitish: turk tili

Filologiya va tillarni o‘qitish: fors tili

Filologiya va tillarni o‘qitish: dariy tili

Filologiya va tillarni o‘qitish: urdu tili

Filologiya va tillarni o‘qitish: indonez tili

Filologiya va tillarni o‘qitish: vyetnam tili

Filologiya va tillarni o‘qitish: sharq mumtoz tillari

Tarjima nazariyasi va amaliyoti: arab tili

Tarjima nazariyasi va amaliyoti: dariy tili

Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik: arab tili

Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik: fors tili

Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: xitoy tili

Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: indonez tili

Jurnalistika: xalqaro jurnalistika

Siyosatshunoslik

Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)

Falsafa (sharq falsafasi va madaniyati)

SIRTQI TA’LIM SHAKLI:

Tarix: Markaziy Osiyo xalqlari tarixi

Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Hindiston

Siyosatshunoslik

Falsafa (sharq falsafasi va madaniyati)

KECHKI TA’LIM SHAKLI:

Tarix: arab mamlakatlari tarixi

Tarix: Xitoy tarixi

Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Xitoy

Filologiya va tillarni o‘qitish: arab tili

Filologiya va tillarni o‘qitish: xitoy tili

Filologiya va tillarni o‘qitish: turk tili

Filologiya va tillarni o‘qitish: fors tili

Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: yapon tili

Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: malay tili

Jurnalistika: xalqaro jurnalistika

Siyosatshunoslik

Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)

Falsafa (sharq falsafasi va madaniyati)

Batafsil ma'lumot
@DTMYangiliklar_UZ
1.7K viewsedited  12:38
Ochish/sharhlash
2020-10-03 13:41:44 ​​​​#TEZKOR
Rasman: Oliygohlar umumiy mandat natijalarini e’lon qilinmoqda

Va nihoyat Davlat test markazi tomonidan oliy ta'lim muassasalariga taqdim etilgan Mandat natijalari eʼlon qilina boshladi. Ushbu natijalar orqali abituriyent o'zining joylashgan o'rnini, nechanchi o'rinda o'qishga qabul qilinganini bilishi mumkin.

Bundan tashqari, mandat natijasining ushbu shakli orqali talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar super kontrak necha pulga tushishi mumkinligini taxminiy hisoblashi mumkin.

Super kontrakt va super-muper kontrakt haqida batafsil ma'lumot.

Yana bir yaxshi yangilik: ko'pchilik oliy ta'lim muassasalari mandat natijalarining aynan shu shaklini rasmiy veb-saytiga joylashtirmoqda. Quyidagi havolalar orqali O'zbekiston Milliy universitetiga va Toshkent tibbiyot akademiyasiga o'qishga topshirganlarning barchasi mandat natijasi bilan tanishishi mumkin.

O'zbekiston Milliy universiteti mandat natijalari: https://nuu.uz/uzc/press/news/events/ev-admission/1413

Toshkent tibbiyot akademiyasi mandat natijalari: https://admissions.tma.uz/site/wp-content/uploads/2020/10/TTA-Qabul-natijalari-2020.pdf

Batafsil ma'lumot
@DTMYangiliklar_UZ
1.8K views10:41
Ochish/sharhlash
2020-10-03 11:18:58 MANDAT- 2020: Oliygohlar umumiy mandat natijalarini eʼlon qilishmoqda

OTM nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi

Fayl hajmi: 225.7MB

Ushbu fayl orqali oliygohga kirish uchun test topshirgan abituriyentlar talabalikka qabul qilingan yoki yoʻqligini, qancha ball toʻplagani va nechanchi oʻrinda turganini bilishlari mumkin.

Bundan tashqari, mandat natijasining ushbu shakli orqali talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar super kontrak necha pulga tushishi mumkinligini taxminiy hisoblashi mumkin. https://t.me/c/1206098831/4982

Barchaga tarqating! Qolgan oliygohlarniki ham eʼlon qilinmoqda, tez orada kanalga joylaymiz!

Qolgan OTMlarni koʻrish

@DTMYangiliklar_UZ
1.6K views08:18
Ochish/sharhlash