Get Mystery Box with random crypto!

Davlat Test Markazi

Telegram kanalining logotibi dtmuzbuz7 — Davlat Test Markazi D
Telegram kanalining logotibi dtmuzbuz7 — Davlat Test Markazi
Kanal manzili: @dtmuzbuz7
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2
Kanalning ta’rifi

Taʼlimga oid eng so‘nggi yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring!
Yangiliklarni norasmiy sahifamizda sodda hamda barcha tushunadigan tilda o‘qib borishingiz mumkin.
Reklama uchun: @bizdarekuz

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2022-07-20 08:50:24
#Тезкор #Хушхабар

Хотин-қизларга фоизсиз таълим кредити берилади.

Президентнинг 2022 йил 18 июлдаги қарорига кўра, тўлов-контрактда ўқиётган хотин-қизларга жорий йилдан бошлаб имтиёзли фоизсиз таълим кредити бериладиган бўлди.


Сафимизга қўшилинг:
https://t.me/+WLMsIJhj5GJmYTc5
https://t.me/+WLMsIJhj5GJmYTc5
41.2K views05:50
Ochish/sharhlash
2022-07-19 08:29:21 #Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 18-iyul 18:00 holatiga)

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun my.dtm.uz va my.gov.uz saytlari orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni — 822 430 nafar.

Shundan:

343 996 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
478 434 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

Kunduzgi ta’lim shakli — 475 914 nafar;
Sirtqi ta’lim shakli — 323 326 nafar;
Kechki ta’lim shakli — 18 478 nafar;
Masofaviy ta’lim shakli — 4 712 nafar.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

Qashqadaryo viloyati — 94 070 nafar.
Samarqand viloyati — 93 046 nafar.
Toshkent viloyati — 79 640 nafar.
Farg‘ona viloyati — 75 545 nafar.
Surxondaryo viloyati — 69 255 nafar.
Andijon viloyati — 55 664 nafar.
Namangan viloyati — 51 678 nafar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 50 330 nafar.
Toshkent shahri — 48 558 nafar.
Buxoro viloyati — 48 261 nafar.
Jizzax viloyati — 47 358 nafar.
Xorazm viloyati — 43 532 nafar.
Navoiy viloyati — 36 213 nafar.
Sirdaryo viloyati — 29 280 nafar.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+gZrtirZ6yARjODA0
44.8K views05:29
Ochish/sharhlash
2022-07-14 13:35:31
#SavollargaJavoblar #Qabul2022

Savol: Test sinoviga kechikkan abituriyent test sinovida ishtirok eta oladimi?

Mazkur savolga Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Radjabov tomonidan Kun.uz nashriga berilgan intervyu davomida to‘liq javob berildi.

Сафимизга қўшилинг:
https://t.me/+WLMsIJhj5GJmYTc5
29.8K views10:35
Ochish/sharhlash
2022-07-12 13:47:12
Yangi javoblar varaqasi (Titul) namunasini yuklab oling

Ushbu javoblar varaqasini chop eting va uni to'g'ri to'ldirishni hozirdan mashq qilishni boshlang.

Esingizda bo'lsin, bo'yaganda doiradan tashqariga chiqmang;

Doira ichini to'liq bo'yalmasligi ham xato;

Xato qilib belgilagan doirani "teshish" mumkin emas;

Skaner teshilgan javobni baribir xato deb hisoblaydi.

Bitta testga javob sifatida birdaniga ikki yoki undan ortiq doirani bo'yash mumkin emas. Bu ham xato va buning uchun hech qanday ball berilmaydi.

Eng yomoni, xato qilganingiz uchun sizga yangi titul berilmaydi!

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+WLMsIJhj5GJmYTc5
27.6K views10:47
Ochish/sharhlash
2022-07-10 09:45:33 #Qabul2022

Abituriyentlar diqqatiga!

BUGUN chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga qabulning so‘nggi kuni.

2022/2023-o‘quv yili qabulidan
boshlab xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
Samarqand davlat chet tillar instituti;
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining

fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hamda

Toshkent davlat pedagogika universiteti;
Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
Nukus davlat pedagogika institutining

xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirishda chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi.

Mazkur ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 10-iyulga qadar (10-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Shu sababli mazkur ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar 10-iyulga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirishlari (oldingi yillar bitiruvchilari) lozim.

Ma’lumot uchun: chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirmaydi va ularga chet tili fanidan imtihonlarsiz maksimal ball beriladi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+WLMsIJhj5GJmYTc5
32.4K views06:45
Ochish/sharhlash
2022-07-05 10:41:31 #Qabul2022 #Harbiy
Harbiy OTMlarga topshirgan abituriyentlar diqqatiga!

Joriy yilda ham oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘tkaziladigan test sinovlari bilan bir vaqtda nomzodlar o‘zlari tanlagan hududlarda o‘tkaziladi.

Ularga oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishda test topshiriladigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan harbiy bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarining beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlash huquqi beriladi.

Bunda abituriyent hujjat topshirgan harbiy OTMdagi ta’lim yo‘nalishiga fanlar majmuasi va ketma-ketligi mos bo‘lgan davlat OTMlari va ta’lim yo‘nalishlari dasturda avtomatik tarzda chiqariladi.

Fanlar majmuasi va ketma-ketligi mos bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlari esa chiqarilmaydi. Shu sababli ular my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan vaqtda ularga barcha OTM va ta’lim yo‘nalishlari ko‘rinmaydi.

Сафимизга қўшилинг:
https://t.me/+vKyUhIX2T9I2MzQy
23.9K views07:41
Ochish/sharhlash
2022-07-03 10:10:55
#Qabul2022
Tanlov usutvorligini belgilash

Yuqoridagi postda tanlov ustuvorligini belgilash bo‘yicha ma’lumot va uning ishlash sxemasi berilgan edi. Mazkur jarayonni misol asosida ko‘rib chiqsak, quyidagi holat yuzaga keladi.

Misol uchun, abituriyent test sinovida 163,5 ball to‘plasa, quyidagi ikki holatdan biri bo‘lishi mumkin:

Ustuvorlik sifatida “Davlat granti” tanlansa, abituriyent Toshkent davlat agrar universitetining “5630102 - Ekologiya va atrof muhit muhofazasi (qishloq xo‘jaligida)” ta’lim yo‘nalishiga davlat granti asosida talabalikka tavsiya etiladi.

Ustuvorlik sifatida “Davlat granti va to‘lov-kontrakt” tanlansa, abituriyent Toshkent farmatsevtika institutining “5510500 - Farmatsiya (turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishiga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi.

Abituriyentlardan ustuvorlikni belgilashda e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz!

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+gZrtirZ6yARjODA0
29.4K viewsedited  07:10
Ochish/sharhlash
2022-06-27 06:10:57 Бешта йўналишни танлаш жараёнига оид айрим маълумотлар
#abituriyent

Жорий йилги тест синовларида ҳам бештагача таълим йўналишини танлаш имконияти мавжуд;

5та йўналиш дегани, 5та ОТМ дегани эмас. Яъни абитуриент албатта 5та университет ёки институтни танлаши шарт эмас. Битта ОТМнинг 5та йўналишини танлаш ҳам мумкин;

5та йўналиш танлаётганда энг асосий 1 та шарт бор: мутахассислик блокидаги фанлар кетма-кетлиги мос келиши керак.

фанлар кетма-кетлиги мос бўлсин деганда, 3,1 ва 2,1 балл бериладиган 2 та фан тўғри кетма-кетликда жойлашиши керак.

Жорий йилдан таълим шакли бир хил бўлиши шарт эмас. Яъни энди бир пайтнинг ўзида ҳам сиртқи, ҳам кундузги, ҳам кечки, ҳам масофавий таълимни танлаш мумкин.

Ижодий (касбий) имтиҳон топшириладиган йўналишларда фақат битта йўналиш танлаш мумкин, 5тагача йўналиш танлаб бўлмайди. Бу чеклов ҳам ижодий, ҳам тест топшириладиган йўналишларга ҳам тааллуқли;

Магистратурада ҳам фақат 1 та мутахассислик танлаш мумкин;

5та йўналишларни танлаётганингизда аҳамиятлироқ бўлинг. Чунки танланган биринчи йўналиш устунликка эга. Яъни сиз жавоблар чиққандан кейин балим етган исталган йўналишни ўзим танлайман, деб хато ўйламанг. Мандатдан кейин қаерда ўқишни танлай олмайсиз, буни ҳужжат топшираётганда яхшилаб ўйланг. Сиз танлаган кетма-кетлик бўйича тизимнинг ўзи қаерга кирганингизни автомат чиқариб беради. Жавоблар чиққач, “мен иккинчи йўналишда эмас, тўртинчисида ўқимоқчиман” дея олмайсиз.


Илтимос, 5 та йўналиш танлаётганда ўз имкониятларингизни яхшилаб ҳисобга олинг, ўқишга шароитингиз бор жойни танланг. “Кейинги йил перевод қиволаман” деган мақсадда, гарчи шароитингиз бўлмаса ҳам, узоқ вилоятларни танламанг. Чунки деярли перевод қилолмайсиз, бу аниқ. Фарғоналик бўлсангизу, лекин Сурхондарёда ўқишга имкониятингиз бўлмаса, унда таваккал қилманг. Кейин қийналиб, ўзгалардан норози бўлиб юргандан фойда йўқ.

Сафимизга қўшилинг:
https://t.me/+T7TzENqdSQfW9i71
47.1K views03:10
Ochish/sharhlash
2022-06-23 10:45:36
#Тезкор
ДТМ: IELTS сертификатга эга бўлган абитуриентларга максимал балл берилади ва тест синовини ечишдан озод қилинади

Вазирлар Маҳкамасининг қарорида барча тиллар учун тегишли бўлган сертификатлар рўйхати кўрсатиб ўтилган. Беш ярим ва ундан юқори бўлган сертификатга эга бўлган абитуриентларга топширадиган имтиҳонида чет тили фани бўлса, максимал балл берилади. Ўша фандан тест синовини ечишдан озод қилинади.

Бу ҳақда ДТМ маълум қилди

https://t.me/+gZrtirZ6yARjODA0
50.8K views07:45
Ochish/sharhlash
2022-06-22 12:57:10
Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

Hujjatlar 2 xil usul bilan topshirilishi mumkin:

1) Davlat test markazining http://my.dtm.uz sayti orqali;
2) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali.

Talab qilinadigan hujjatlar:

Avvalgi yillardagi bitiruvchilar uchun:

pasport;
diplom;
til bilishi sertifikati; (agar mavjud boʻlsa)
imtiyozi mavjud bo‘lganda, imtiyozni tasdiqlovchi hujjatlar.
toʻlov summasi

Joriy yil bitiruvchilari uchun:

pasport;
bitiruv attestati (qabul qiluvchilar tomonidan bazadan elektron tarzda olinadi).

Сафимизга қўшилинг:
https://t.me/+T7TzENqdSQfW9i71
53.4K views09:57
Ochish/sharhlash