Professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 20 | Davlat Test Markazi
Professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari
2022-2023-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari(kollej va texnikum) ga kirish test sinovlari 2022-yil 3-8-oktabr kunlari 2 smenada o‘tkaziladi. Bunda test sinovlari:
-smenada 09:00 dan 12:00 ga qadar; -smenada 14:30 dan 17:30 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
Test sinovi kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan va barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan(ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi) dan o‘tkaziladi.
Unda talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 30 tadan, majburiy fanlardan 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.
Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun:
Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining my.dtm.uz saytidan yuklab olishlari mumkin.
Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldinshaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.
Batafsil ma'lumot https://t.me/+xLqGrxCtGQhiOTZi https://t.me/+xLqGrxCtGQhiOTZi
Taʼlimga oid eng so‘nggi yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring!. Yangiliklarni norasmiy sahifamizda sodda hamda barcha tushunadigan tilda o‘qib borishingiz mumkin. Reklama uchun: ...