Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyentlar uchun qo‘shimcha imkoniyat Oliy ta’lim muass | Davlat Test Markazi

Abituriyentlar uchun qo‘shimcha imkoniyat

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar professional ta’lim muassasalariga kirish uchun ham ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Bunda abituriyentlarda OTMlarga kirish test sinovlarida to‘plagan ballari bilan professional ta’lim muassasalariga kirish uchun tanlovda ishtirok etish imkoniyati mavjud.

Buning uchun quyidagi shartlar bajarilishi lozim:

abituriyent professional ta’lim muassasasiga kirish uchun tanlayotgan ta’lim yo‘nalishining fanlar majmuasi va ketma-ketligi OTMarga kirish uchun tanlagan ta’lim yo‘nalishining fanlar majmuasi bilan bir xil bo‘lsa;

abituriyent oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan bo‘lsa;

professional ta’lim muassasalariga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tishda mazkur imkoniyatdan foydalanishni tanlasa.

Agar mazkur shartlar bajarilmasa yoki abituriyent mazkur imkoniyatdan foydalanishni istamasa barcha abituriyentlar kabi professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etadi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+WLMsIJhj5GJmYTc5
https://t.me/+WLMsIJhj5GJmYTc5