Get Mystery Box with random crypto!

20-iyundan qabul boshlanadi 20-iyun kuni 2022-2023-o‘quv yili | Davlat Test Markazi

20-iyundan qabul boshlanadi

20-iyun
kuni 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlanadi.

Bunda abituriyentlar telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazib, pasport ma’lumotlari, doimiy yashash manzili va tugatgan ta’lim muassasasi bo‘yicha ma’lumotlarni kiritishlari, shuningdek, imtiyozlari mavjud bo‘lsa, ularni tekshirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini kiritishlari mumkin.

Ta’lim yo‘nalishlarini esa 2022-2023-o‘quv yili uchun qabul parametrlarining ta’lim tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlanganidan so‘ng tanlash mumkin bo‘ladi.

Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn amalga oshiriladi.

Ro‘yxatga olish 20-iyulga qadar (20-iyul kuni ham) davom etadi va abituriyentlar 20-iyulga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini kiritishlari mumkin bo‘ladi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+xLqGrxCtGQhiOTZi