Get Mystery Box with random crypto!

Oliygohni grantga tamomlagan shaxslarning 3 yil ishlab berish | Davlat Test Markazi

Oliygohni grantga tamomlagan shaxslarning 3 yil ishlab berish majburiyati bekor boʻldimi?

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 02.06.2005 yildagi PQ-92-son qarori bilan 2005/2006 oʻquv yilidan boshlab barcha taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha davlat grantlari asosida tahsil olgan oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini majburiy tartibda kamida uch yil ishlab berish sharti bilan taʼlim muassasalariga, korxona va tashkilotlarga ishga taqsimlash amaliyotini joriy etilgan edi.

Lekin mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-son qaroriga 3-ilovada tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari roʻyxatiga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.

Demak, endilikda OTMlarni davlat granti asosida tamomlagan shaxslarning diplomni olish uchun 3 yil ishlab berish majburiyati ham bekor boʻldi.

Mazkur qaror (PQ – 279-son) OTMlarni 2022-2023 yildan boshlab tamomlagan talabalarga tatbiq etiladi. Shunday ekan, bu yil OTMni davlat granti asosida tamomlaganlar diplomlarini ishlab berish majburiyatisiz olishlari mumkin.

Maqsadli qabul bunday mustasno

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi