Get Mystery Box with random crypto!

2022-yil 21-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan TOEFL ITP imtihoni uc | Davlat Test Markazi

2022-yil 21-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

Ro‘yxatga olish my.dtm.uz havola orqali amalga oshiriladi va 18-noyabr kuniga qadar davom etadi.

Test sinovi 21-noyabr kuni Toshkent shahrida (DTM binosida) kompyuterda topshiriladi va talabgorlar test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijasini bilib oladi.

Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tganlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikati beriladi.

Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2021-yil 31-avgustdagi 1-mh va 23-mh-son qarorida ko'rsatilgan CEFR - chet tilini bilish darajasini baholovchi xalqaro imtihon tizimlariga mos keluvchi TOEFL ITP sertifikatiga ega bo‘lgan nomzodlarga PQ-5117 qarorida nazarda tutilgan barcha imtiyozlar beriladi

Murojaat uchun:
- (95) 515-68-68
- (95) 507-70-72
-
@dtm_ilmiy_markaz