Get Mystery Box with random crypto!

25-27-noyabr kunlari matematika, fizika, kimyo, biologiya fanl | Davlat Test Markazi

25-27-noyabr kunlari matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlaridan milliy sertifikat uchun test sinovlari oʻtkaziladi

Test sinovi uchun talabgorlarni roʻyxatga olish my.dtm.uz sayti orqali 24-oktyabrdan 12-noyabrga qadar amalga oshiriladi.

Bunda talabgorlar test topshirish hududi sifatida oʻzlariga qulay boʻlgan hududni tanlashlari va mazkur hududda test sinovida ishtirok etishlari mumkin.

Shuningdek, talabgorlar test topshirish tili sifatida oʻzbek, rus va qoraqalpoq tillaridan birini tanlab, mazkur tilda imtihon topshirish imkoniyatiga ega.

Test sinovi natijasi boʻyicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini toʻplagan shaxslarga 3 yil muddatga amal qiluvchi sertifikat taqdim etiladi.

Mazkur sertifikatga ega abituriyentlarga oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga kirishda quyidagicha ballar beriladi:

eng yuqori ballning 60 foizdan 85 foizigacha toʻplaganlarga sertifikatdagi oʻzlashtirish foiziga mos ravishda ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

eng yuqori ballning 86 foizi va undan yuqori ball toʻplaganlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi