Get Mystery Box with random crypto!

Qizlarimiz yigitlarga qaraganda bilimliroq Joriy yilgi test s | Davlat Test Markazi

Qizlarimiz yigitlarga qaraganda bilimliroq

Joriy yilgi test sinovlari natijalari eʼlon qilingach, turli qiziqarli statistikalarni tahlil qilish imkoni paydo boʻldi.

Jumladan, joriy yilda abituriyentlar orasida xotin-qizlarning ulushi erkaklarga qaraganda koʻproqni tashkil etgan. Yaʼni testga kirgan abituriyentlarning 571 ming 719 nafari ayollar, 502 ming 103 nafari esa erkaklar boʻlgan.

Bundan tashqari qizlarimiz toʻplagan oʻrtacha ballar ham yigitlarga qaraganda yaxshiroq natijani koʻrsatgan. Qizlar oʻrtacha 66,8 ball, yigitlar esa 63,7 ball olishgan.

Shuningdek, respublikamizning 14 ta hududining barchasida qizlarning oʻrtacha bali yigitlarnikidan balandroq boʻlgan. Yaʼni faqat ayni bir hududda emas, balki yurtimizning hamma joyida qizlar yigitlarga qaraganda umumiy yaxshiroq oʻzlashtirish koʻrsatkichiga ega.

Eʼtiborli tomoni birorta hududda yigitlar oʻrtacha 70 ball toʻplay olishmagan. Lekin Buxoro (72) va Toshkent shahrida (70,8) qizlar oʻrtacha 70 balldan oshira olgan.