Get Mystery Box with random crypto!

#Qabul2022 Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar OTM qabul komissiyal | Davlat Test Markazi

#Qabul2022
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar OTM qabul komissiyalari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi

Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar istalgan oliy ta’lim muassasasida tashkil etilgan qabul komissiyasida ro‘yxatdan o‘tishi belgilandi.

Bunda fuqaroligi bo‘lmagan abituriyentlarning hujjatlari qabul komissiyalari tomonidan sinchiklab o‘rganiladi.

Boshqa toifadagi abituriyentlar esa oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalarida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi. Ular my.dtm.uz va my.gov.uz saytlari orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tadilar.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi