Get Mystery Box with random crypto!

#Qabul2022 Harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlar uchun qo‘shim | Davlat Test Markazi

#Qabul2022

Harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlar uchun qo‘shimcha 5 %li qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti

Davlat komissiyasining bayoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun qo‘shimcha besh foizli qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun respublika bo‘yicha jami 9 045 ta qo‘shimcha kvota ajratildi. Ta’lim shakllari kesimida:

kunduzgi ta’lim shakli uchun – 6 151 ta (davlat granti asosida - 1588 ta, to‘lov-kontrakt asosida - 4 563);
sirtqi ta’lim shakli uchun – 2 228 ta (to‘lov-kontrakt asosida);
kechki ta’lim shakli uchun – 495 ta (to‘lov-kontrakt asosida);
masofaviy ta’lim shakli uchun – 171 ta (to‘lov-kontrakt asosida).

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi