Get Mystery Box with random crypto!

#Qabul2022 ABITURIYENTLAR DIQQATIGA! Davlat oliy ta’lim mu | Davlat Test Markazi

#Qabul2022

ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!

Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasining 1-son bayoni tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, 2022-2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari (OTM)ning bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi belgilandi:

joriy yil kirish test sinovlari stadion va xiyobonlarda o‘tkaziladi;
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, istisno tariqasida, istalgan OTMda tashkil etilgan qabul komissiyasida ro‘yxatdan o‘tishga ruxsat berildi;
boshqa toifadagi abiturientlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi;
Respyblika OTM bakalavriatining davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlandi.

Shuningdek, OTM tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar 2022-yil 10-avgustgacha o‘tkazilishi belgilandi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi