Get Mystery Box with random crypto!

​​Chet tili imtihoni sanalari belgilandi Chet tilini bilish | Davlat Test Markazi

​​Chet tili imtihoni sanalari belgilandi

Chet tilini bilish darajasini baholash
bo‘yicha noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari belgilandi.

Unga ko‘ra, test sinovining yozma qismi 23-noyabr kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 24-25-noyabr kunlari o‘tkaziladi.

Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va vaqtini my.dtm.uz sayti orqali “Milliy sertifikatlar” bo‘limining “Mening arizalarim” qismida bilishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari so‘raladi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/T7TzENqdSQfW9i71