Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent davlat yuridik universitetiga oʻqishga kirishda tarix | Davlat Test Markazi

Toshkent davlat yuridik universitetiga oʻqishga kirishda
tarix oʻrniga huquqiy fanlardan test topshirish amaliyoti joriy etiladi
 
Bugungi kunda Toshkent davlat yuridik universitetiga oʻqishga kirishda abituriyentlar 2 ta boʻlimdan iborat 5 ta fan majmuasidan test sinovlari topshiradi.

Bunda, 1-boʻlimda barcha yoʻnalishlar uchun majburiy
3 ta fan – Ona tili (oʻzbek, rus yoki qoraqalpoq tili), Matematika va Oʻzbekiston tarixi;

2-boʻlimda 2 ta fan – Tarix va Chet tili fanlari jamlangan.

TDYUU Kengashi 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab mutaxassislik blokidagi Tarix fani oʻrniga huquqiy fanlarni kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

Yaʼni bu yangilik keyingi yildan emas, balki 2 yildan keyin joriy qilinadi. Boshqacha aytganda hozir maktabda 11-sinfda oʻqiyotganlar keyingi yil imtihonda tarixdan test topshiradi, hozir 10-sinfda oʻqiyotganlar esa 2023-yili testda tarix oʻrniga huquqiy fanlardan test topshiradi.

Maʼlumot uchun: bugungi kunda maktablarida 4 yil davomida yuqori sinflarda Davlat va huquq asoslari hamda Konstitutsiyaviy huquq asoslari fanlari oʻqitib kelinmoqda. Test savollari ushbu maktab darsliklari asosida tuziladi.

Xabarda taʼkidlanishicha, bu qaror maktablarda huquqiy fanlarni oʻqitish rivojiga katta hissa qoʻshadi, afsuski huquq fanlari test sinovlarida boʻlmagani sababli oʻquvchilarda bu fanlarni oʻqishga qiziqish yoʻq. Endilikda yoshlar maktab davridanoq huquqiy fanlarni oʻqishga kirishadi, bu ularda oʻquvchilik davridanoq huquqiy bilimlarining oshishiga turtki beradi.

https://t.me/joinchat/hT9Fw6pTZt4zZjhi