Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat bo‘yicha malaka oshirish kurslari “Milli | Davlat Test Markazi

Milliy sertifikat bo‘yicha malaka oshirish kurslari

“Milliy sertifikat uchun test topshiriqlarini shakllantirish” bo‘yicha navbatdagi malaka oshirish kurslari sanalari belgilandi.

Unga ko‘ra malaka oshirish kurslari 8-noyabrdan 13-noyabrga qadar oflayn tarzda, 15-noyabrdan 20-noyabrga qadar esa onlayn tarzda tashkil etiladi.

Unda tinglovchilarga ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyot, rus tili va adabiyot, qoraqalpoq tili va adabiyot) fanlarini bilish darajasini baholash milliy test tizimi uchun test topshiriqlarini shakllantirish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Malaka oshirish kurslari Davlat test markazi va Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazining malakali mutaxassislari tomonidan o‘zbek tilida olib boriladi.

Malaka oshirish kurslarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirgan holda kurslarda ishtirok etishlari mumkin.

Murojaat uchun telefon: (95) 515-68-68.