Get Mystery Box with random crypto!

Talaba akademik qarzdorligini qancha muddatda topshirishi kera | Davlat Test Markazi

Talaba akademik qarzdorligini qancha muddatda topshirishi kerak?

OTMda talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizomga koʻra, yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi boʻyicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.

Talaba uzrli sabablarga koʻra oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining farmoyishi asosida ruxsat beriladi.

Bitiruvchi kurs boʻlmagan talabalar kuzgi semestr natijalari boʻyicha
3 tagacha fandan (fanlardan) akademik qarzdorligi boʻlgan hollarda talabaga bir oygacha, bahorgi semestr natijalari boʻyicha 3 tagacha fandan (fanlardan) akademik qarzdorligi boʻlgan talabaga tegishli fan (fanlar) boʻyicha oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turlarini yangi oʻquv yili boshidan qayta topshirish uchun 1 oy muddat beriladi.

Bitiruvchi kurs talabalariga bahorgi semestr natijalari boʻyicha oʻzlashtirmagan fandan (fanlardan) qayta topshirish uchun yakuniy davlat attestatsiyasi boshlangunga qadar ruxsat beriladi.

Fanlardan akademik qarzdorligi
4 ta va undan koʻp boʻlgan talabalarga qayta topshirishga ruxsat berilmaydi
va ular oliy taʼlim muassasasi rektorining (boshligʻining, filial direktorining) buyrugʻi bilan kursdan qoldiriladi.