Get Mystery Box with random crypto!

​​7-oktabr talabgorlarni ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni 2 | Davlat Test Markazi

​​7-oktabr talabgorlarni ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni

2021-yil 25-sentabr kuni oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlangan edi.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti orqali 7-oktabr (payshanba) kuni 18:00 ga qadar davom etadi.

Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar mazkur muddat davomida onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Bunda talabgorlar 8-oktabr kuni 18:00 ga qadar Davlat test markazi yoki uning hududiy bo‘limiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan borgan holda barmoq izi topshirishlari lozim.

Test sinovlari 26-oktabr kunidan boshlab, ingliz, nemis, fransuz, ispan, italyan, koreys, xitoy, yapon, turk, arab, fors, pushtu va hindiy tillaridan B1, B2 va C1 tilni bilish darajalari bo‘yicha o‘tkaziladi.

Tilni bilish darajasi B2 yoki undan yuqori bo‘lgan sertifikatga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga kirishda chet tili fanidan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi.

Shuningdek, ta’lim muassasalarining C1 darajadagi sertifikatga ega xorijiy tillar o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lanadi.