Get Mystery Box with random crypto!

Dtm test savollari

Telegram kanalining logotibi dtmuzb_rasmiy — Dtm test savollari D
Telegram kanalining logotibi dtmuzb_rasmiy — Dtm test savollari
Kanal manzili: @dtmuzb_rasmiy
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 375

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-07-04 18:24:12 #Qabul2021 #Kvota
Kechki ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti

2021-2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kechki ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.

https://t.me/joinchat/R-1hD5sEJCGutTdU
3.1K views15:24
Ochish/sharhlash
2021-07-04 18:23:45 #Qabul2021 #Kvota
Sirtqi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti

2021-2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.

https://t.me/joinchat/R-1hD5sEJCGutTdU
3.2K views15:23
Ochish/sharhlash
2021-07-04 18:23:12 #Qabul2021
Maqsadli qabul parametrlari va davlat buyurtmasi parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan maqsadli qabul parametrlari va davlat buyurtmasi parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Tasdiqlangan maqsadli qabul parametrlari va davlat buyurtmasi parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti Davlat test markazining my.dtm.uz saytiga joylashtirildi.

Endilikda abituriyentlar my.dtm.uz saytining “Qabul-2021” bo‘limi orqali fanlar majmuasi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlashlari mumkin.

Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish joriy yilning 22-iyuliga qadar (22-iyul kuni ham) davom etadi.

Mazkur muddat davomida abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritishlari mumkin.

https://t.me/joinchat/R-1hD5sEJCGutTdU
3.1K views15:23
Ochish/sharhlash
2021-06-15 15:30:28
Bugun 15-iyun. Amaldagi tartibga ko'ra bugundan OTMlarga qabul boshlanishi kerak edi, lekin abitur.dtm.uz saytida hali ham o'tgan yilgi(2020) ma'lumotlar turibdi. Sayt hali yangilanmagan. Qabul ham surilsa, imtihonlar ham suriladi, mandat ham.

Abituriyentlar qabul boshlanishini intiqlik bilan kutmoqda.

https://t.me/joinchat/R-1hD5sEJCGutTdU
4.0K views12:30
Ochish/sharhlash
2021-06-01 10:08:12 Bu yil jurnalistika taʼlim yoʻnalishlariga ijodiy imtihonlar oʻtkazilmaydi

Ushbu ta'lim yo'nalishi uchun 2 ta mos va 3 ta majburiy fandan test sinovlari o'tkaziladi.

https://t.me/joinchat/R-1hD5sEJCGutTdU
5.0K views07:08
Ochish/sharhlash
2021-06-01 09:44:04 RASMAN: 2021/2022 o'quv yili uchun abituriyentlar 5 ta fandan imtihon topshiradilar - Davlat test markazi bosh boshqarma boshlig'i Farhod Mirzayev

Do'stlaringizga ulashing
https://t.me/joinchat/R-1hD5sEJCGutTdU
4.6K viewsedited  06:44
Ochish/sharhlash
2021-05-30 06:24:11 ​​Hamma abituriyentlar bilishi shart!

Majburiy blokda ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) fanidan tushadigan 15ta savol ichida Adabiyot fanidan test savollari bo‘lmaydi;

Majburiy blokda O‘zbekiston tarixi fanidan tushadigan 15ta savol ichida Jahon tarixidan test savollari bo‘lmaydi;

Matematika fanidan tushadigan 15ta savol ichida Geometriyaning faqat 5-6-sinf dasturlarida bor mavzularidan savollar bo‘ladi, 7-11-sinflar darsligidan savol bo‘lmaydi.

Mutaxassislik blokida esa Matematikadan tushadigan 30 ta savol ichida Geometriyaning barcha sinflar uchun mo‘ljallangan mavzularidan savollar bo‘ladi;

Majburiy blokda ham, mutaxassislik blokida ham Matematika fanidan tushadigan savollar ichida informatikadan test savollari bo‘lmaydi.

Batafsil
https://t.me/joinchat/R-1hD5sEJCGutTdU
4.8K views03:24
Ochish/sharhlash
2021-05-28 05:05:04
Talaba o‘qishni ko‘chirish imtihonidan o‘tsa ham, OTM uni qabul qilmaslikka haqli — Abduvali Xoliqov

"Qishloq xo‘jaligida o‘qiyotgan talaba farmatsevtikaga o‘qishini ko‘chirishni xohlaydi... Lekin davlat unga shu yo‘nalishga kvota ajratgan. Testda kerakli ball olsa ham, tibbiyot OTM talabani qabul qilmaslikka haqqi bor. Shuning uchun talabalardan o‘qishni ko‘chirishda imkon boricha o‘z yo‘nalishini o‘zgartirmasligini so‘raymiz", – dedi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov Xpress uz’ga bergan intervyusida.

https://t.me/joinchat/R-1hD5sEJCGutTdU
3.8K views02:05
Ochish/sharhlash
2021-05-28 05:05:04
Talabalar qaysidir fanni o‘zining OTMsida emas, boshqa OTMda ham o‘qishi mumkin bo‘ladi

"Masalan, Moliya institutida kredit-modul tizimida o‘qiyotgan talaba biror fanni Iqtisodiyot universitetida o‘qishi mumkin. Faqat buning uchun OTMlar o‘rtasida shartnoma bo‘lsa yetarli", – deya ma’lumot berdi Oliy ta’lim vazirligi bosh mutaxassisi Vohid Zayniddinov Xpress uz'ga bergan intervyusida.

https://t.me/joinchat/R-1hD5sEJCGutTdU
3.1K views02:05
Ochish/sharhlash
2021-05-28 05:04:02
Magistraturani 1 yilda ham tugatish mumkin

"O'zbekistonda magistratura dasturdan kelib chiqib, 1 yildan 3 yilgacha davom etadi", – deya ma’lumot berdi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov.

https://t.me/joinchat/R-1hD5sEJCGutTdU
2.8K views02:04
Ochish/sharhlash