Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent davlat yuridik universitetiga oʻqishga kirishda tarix | Dtm.uz | Davlat test markazi ️️🇺🇿

Toshkent davlat yuridik universitetiga oʻqishga kirishda tarix oʻrniga huquqiy fanlardan test topshirish amaliyoti joriy etiladi !

Bugungi kunda Toshkent davlat yuridik universitetiga oʻqishga kirishda abituriyentlar 2 ta boʻlimdan iborat 5 ta fan majmuasidan test sinovlari topshiradi.

1-boʻlimda barcha yoʻnalishlar uchun majburiy 3 ta fan – ona tili (oʻzbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va oʻzbekiston tarixi;

2-boʻlimda 2 ta fan – tarix va chet tili fanlari jamlangan.

TDYU Kengashi 2023/2024-oʻquv yilidan boshlab mutaxassislik blokidagi tarix fani oʻrniga huquqiy fanlarni kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.


Ya’ni bu yangilik keyingi yildan emas, balki 2-yildan keyin joriy qilinadi.

Yanada aniqroq qilib aytganda, hozir maktabda 11-sinfda oʻqiyotganlar keyingi yil imtihonda tarixdan test topshiradi, hozir 10-sinfda oʻqiyotganlar esa 2023-yilgi testda tarix oʻrniga huquqiy fanlardan test topshiradi.


Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda umumtaʼlim maktablarida 4 yil davomida yuqori sinflarda Davlat va huquq asoslari hamda Konstitutsiyaviy huquq asoslari fanlari oʻqitib kelinmoqda. Test savollari ushbu maktab darsliklari asosida tuziladi.

Batafsil
https://t.me/joinchat/V1AHHKmbD0ue-1HU