Get Mystery Box with random crypto!

Beshta yoʻnalishdan istalgan birini tanlasa boʻladimi ? Yoʻq | Dtm.uz | Davlat test markazi ️️🇺🇿

Beshta yoʻnalishdan istalgan birini tanlasa boʻladimi ?

Yoʻq, tanlab boʻlmaydi.


Koʻpchilik beshta yoʻnalishga ham balim yetgan boʻlsa, istalgan birini tanlab oʻqiyman, deb oʻylayapti. Bu xato fikr.

Abituriyentlar hujjat topshirayotganda ustuvorlikni belgilagan holda beshta yoʻnalishni ketma-ket tanlashgan. Shuningdek, davlat granti va toʻlov-kontrakti boʻyicha ham ustuvorlikni allaqachon belgilab boʻlishgan.

Endi mana bugun yakuniy javoblar chiqqandan keyin abituriyentlar oʻqishga kirgan yoʻnalishlarini oʻzgartira olishmaydi. Ustuvorlik boʻyicha qaysi yoʻnalishga kirganini kompyuterning oʻzi belgilab beradi.
Mandat.dtm.uz saytida qaysi yoʻnalishning usti yashil yoki qizil rangga boʻyalib turgan boʻlsa, oʻsha yoʻnalishga kirgan boʻladi. Pastda ham qavs ichida kirgan yoʻnalishi nomi yozilgan boʻladi. Buni oʻzgartirib boʻlmaydi.

Batafsil
https://t.me/joinchat/V1AHHKmbD0ue-1HU