Get Mystery Box with random crypto!

Hurmatli magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirgan ta | Dtm.uz | Davlat test markazi ️️🇺🇿

Hurmatli magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirgan talabgorlar!

Magistratura mutaxassisliklariga qabul magistr.edu.uz sayti orqali Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan amalga oshirilgan bo‘lib, talabgorlarning hujjatlari, jumladan, yo‘nalishlarning mos va turdosh ekanligi, diplom va uning ilovasi, diplom bo‘yicha o‘rtacha ball va chet tili bo‘yicha sertifikatlar kabi ma’lumotlar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalari tomonidan tekshirilgan.

Shuningdek, mutaxassislik fanlari bo‘yicha imtihonlar oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘tkazilgan bo‘lib, mazkur imtihon natijalari hali Davlat test markaziga taqdim etilmagan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qarorida 2021-yilda davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining faqat 2-bosqichi, ya’ni, chet tili fanidan test sinovlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilishi belgilangan.

Bunda chet tili fanidan test sinovlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida tashkil etiladi. Jumladan, kimlar 2-bosqich imtihonlarida ishtirok etishi, talabgor qaysi chet tili bo‘yicha test topshirishi va qaysi hududda test sinovida ishtirok etishi kabi ma’lumotlar vazirlik tomonidan Davlat test markaziga taqdim etiladi.

Davlat test markaziga taqdim etilgan ma’lumotlar asosida test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomalar shakllantirilgan bo‘lib, talabgorlarga magistr.dtm.uz sayti orqali ruxsatnomalarni yuklab olish imkoniyati yaratilgan.

Hozirda talabgorlar tomonidan diplomning o‘rtacha bali, mutaxassislik fanlari bo‘yicha imtihon natijalari, chet tili sertifikatini inobatga olish kabi turli masalalar bo‘yicha Davlat test markaziga ko‘plab murojaatlar bo‘lmoqda.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda talabgorlar bu kabi masalalar bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda oliy ta’lim muassasasiga murojaat qilishlari lozimligini ma’lum qilamiz hamda Davlat test markazi magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha faqatgina chet tili fanidan test sinovlarini o‘tkazishga mas’ul ekanligini eslatib o‘tamiz.

Batafsil
https://t.me/joinchat/V1AHHKmbD0ue-1HU