Get Mystery Box with random crypto!

​908mln 827ming 500soʻm abituriyentlarga 15-kun ichida qaytari | Dtm.uz | Davlat test markazi ️️🇺🇿

908mln 827ming 500soʻm abituriyentlarga 15-kun ichida qaytarib beriladi

2021-yil 10-iyun kuni biologiya fanidan milliy sertifikat uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilinmasligi va test sinovida ishtirok etgan barcha 2 473 nafar talabgorlarning to‘lovi to‘liq qaytarilishi haqida xabar berilgan edi.

Maʼlumot uchun, milliy sertifikatga test topshirish narxi – BHMning 1,5 baravari(367 500 soʻm) edi.

2473 ta abituriyentlar 10-iyun kuni biologiya fanidan milliy sertifikat olish uchun test sinovida ishtirok etgan va ularning har biri 367 500 soʻmdan toʻlov qilishgan. Jami 908 827 500 soʻm. Bu summaning barchasi abituriyentlarga qaytarib beriladi.

Talabgorlarning to‘lovi quyidagi tartibda qaytariladi:

Dastlab talabgorning o‘zi murojaat etayotganligini tasdiqlash maqsadida talabgor tomonidan tq.dtm.uz saytiga pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR) kiritilib, “Ariza to‘ldirish” tugmasi bosiladi.

Kiritilgan pasport ma’lumotlar 10-iyun kuni biologiya fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihonida ishtirok etgan talabgorga tegishli bo‘lsa, mazkur pasport ma’lumotlari biriktirilgan telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi va SMS xabardagi 5 xonali raqamni tizimni kiritish orqali talabgorning o‘zi murojaat etayotganligi tasdiqlanadi.

So‘ngra ariza to‘ldirish oynasiga:

to‘lov qaytarilishi kerak bo‘lgan plastik karta raqami;
plastik karta egasining familiyasi, ismi, otasining ismi;
plastik karta ochilgan bankning STIRi (INN si);
bank MFOsi;
bankning tranzit hisob raqami;
qo‘shimcha telefon raqami (zarur hollarda bog‘lanish uchun) kiritilib, “Ariza shakllantirish” tugmasi bosiladi.

Shundan so‘ng ariza shakllantiriladi va to‘lovni qaytarish bo‘yicha onlayn ariza berish jarayoni yakunlanadi.

Ariza qabul qilingandan so‘ng 15 kun ichida arizada keltirilgan karta raqamiga to‘lov to‘liq qaytariladi.

Agar talabgor ma’lumotlarni kiritishda xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, “Tahrirlash” funksiyasidan foydalangan holda kiritgan ma’lumotlarini o‘zgartirishi mumkin.

Bankning STIRi, MFOsi va tranzit hisob raqamini olish uchun bankka bog‘lanish mumkin bo‘lgan aloqa raqamlari va boshqa ma’lumotlarni ushbu havola orqali olish mumkin.

Shuningdek, banklarning aloqa raqamlari tq.dtm.uz saytida ham keltirilgan.

Batafsil
https://t.me/joinchat/V1AHHKmbD0ue-1HU