Get Mystery Box with random crypto!

DTM Axborotnoma

Telegram kanalining logotibi dtmuzb_abituriyent_axborotnoma — DTM Axborotnoma D
Telegram kanalining logotibi dtmuzb_abituriyent_axborotnoma — DTM Axborotnoma
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.35K
Kanalning ta’rifi

Taʼlimga oid eng so‘nggi yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring!
Yangiliklarni norasmiy sahifamizda sodda tilda o‘qib borishingiz mumkin
📮 Aloqa @talim_reklamabot
💳Tijoriy xamkorlik: @taIim_reklama

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-04-19 17:26:39
Mana shu 3 qavatli kollej binosi endi universitetga aylantiriladi

Oʻtgan kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida Prezidentimiz tomonidan 550 ming aholiga ega Urgut tumanida Samarqand davlat universitetining Urgut filialini ochish topshirigʻi berilgan edi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.Toshqulov, Samarqand davlat universiteti rektori, senator R.Xolmurodov va Urgut tumani hokimi B.Jabborov hamrohligida masʼullar SamDU Urgut filiali uchun ajratilgan binoni borib koʻrishdi.

Rahbarlar taʼlim sifati, Filial binosini rekonstruksiya qilish, talabalarning zamonaviy taʼlim olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va boshqa tashkiliy chora-tadbirlar yuzasidan kelishib olishdi.

Tumandagi hozirda foydalanilmayotgan iqtisodiyot va servis kolleji oʻrnida tashkil etiladigan Filial bir vaqtning oʻzida 550 nafar talabani oʻz bagʻriga sigʻdiradi, deydi Edu.uz.
9.1K views14:26
Ochish/sharhlash
2021-04-17 05:32:34Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasalarining ichki reytingini bilasizmi?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi oliy taʼlim muassasalarining yangi reytingini eʼlon qilgan edi.

Unga koʻra, eng kuchli TOP-10 quyidagi OTMlar:

1.Oʻzbekiston milliy universiteti
2.Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti
3.Samarqand davlat universiteti
4.Toshkent axborot texnologiyalar universiteti
5.Toshkent davlat agrar universiteti
6.Toshkent temir yoʻl transporti muhandislari instituti
7.Toshkent tibbiyot akademiyasi
8.Toshkent moliya instituti
9.Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti
10.Toshkent davlat stomatologiya instituti

Eslatib oʻtamiz, birorta Oʻzbekistondagi OTM kuchli TOP-1000 ga kirmagan. 1-oʻrinda turgan OʻzMU dunyo boʻyicha vebometriks maʼlumotlariga koʻra, 4122-oʻrinda turadi.

Abituriyentlar kanali

https://t.me/joinchat/AAAAAE1x0asPVo_MAEOhNw
11.6K viewsedited  02:32
Ochish/sharhlash
2021-04-13 17:02:26
1-maydan boshlab talabalarga ijara to‘lovining yarmi to'lab beriladi

Prezident yoshlar muammolariga bag'ishlab selektor o'tkazdi. Talabalar yotoqxonalari qurish uchun 4,4 trln so‘m ajratiladigan bo'ldi.

Bugungi kunda 130 mingdan ziyod talaba ijarada yashamoqda. Bu farzandlarimizga 1-maydan boshlab ijara to‘lovining yarmi davlat tomonidan qoplab beriladi.

Dastlabki bosqichda ushbu tizim orqali 60 ming nafar yoshlar qamrab olinadi. Shuningdek, ehtiyojmand talabalarga ushbu xarajatlar hokimliklar va oliygohlar mablag‘i hisobidan ham qoplab beriladi. Navbatdagi o‘quv yilida buning uchun 100 mlrd so‘m ajratiladi"
– dedi Shavkat Mirziyoyev.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAE6JbSV7-rkZQ54BLA
10.8K views14:02
Ochish/sharhlash
2021-04-12 19:47:38
#Stipendiya_tanlov

350 o‘ringa mo‘ljallangan ochiq stipendiya tanlovi e’lon qilindi

“El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan O‘zbekiston uchun eng ustuvor sohalarda, mutaxassisliklar kesimida 350 o‘ringa mo‘ljallangan ochiq stipendiya tanlovlari e’lon qilindi!

Jamg‘arma 2021-2022-o‘quv yili uchun eng nufuzli xorijiy davlatlarda:

bakalavriat ta’lim dasturi uchun 100 nafar,
magistratura ta’lim dasturi uchun 150 nafar,
doktorantura ta’lim dasturi uchun 100 nafar stipendiyalar ajratilishini ma’lum qiladi.

Nomzodlarning hujjatlari 2021-yil 1-apreldan 1-mayga qadar, respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, elektron tarzda qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumot www.eyuf.uz saytida.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAE1x0asPVo_MAEOhNw
10.2K viewsedited  16:47
Ochish/sharhlash
2021-04-12 06:47:59
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti belgilangan karantin muddatidan oldin talabalarni o'qishga chaqirmoqda.

"Assalomu alaykum. Man Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Korporativ Boshqaruv fakulteti talabasiman. Yaqinda 5-apreldan 14 kunga karantin berishgandi . Lekin mana bugun hozir bizga Kuratorlar guruhlarda yozib 12-apreldan kelinglar tez hohlagan viloyatga bõlsanglar ham deb turib olishgan. Õzi kimdir tekshiradimi buni nima uchun yopishdiyu nima uchun bir haftada ochishti . Bizani fakultetdan virus chiqqanmi yõqmi aytishmadi ham. Hozir qanday boramiz endi . Butun dunyoda karantin 14kun bõlsayu bizaga 1 haftami . Uham mayli man viloyatdanman hozir yana bir ikki kunni ichida borolmay qolsam nblarim kõpayib ketadi."

Mutasaddilarga yuboring
https://t.me/joinchat/AAAAAE1x0asPVo_MAEOhNw
8.3K viewsedited  03:47
Ochish/sharhlash
2021-04-09 16:59:02 ​​Oʻzbekistondagi 2 ta OTMda madaniy meros obyektlarini asrash fakulteti ochiladi

Oʻzbekiston Prezidentining “Turizm va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Qarorga koʻra, Madaniyat vazirligining moddiy madaniy meros sohasidagi UNESCO bilan ishlash hamda muzeylar va kutubxonalarni rivojlantirish bilan bogʻliq vazifa va funksiyalari tegishliligicha Turizm va sport vazirligi hamda Madaniy meros agentligiga oʻtkazildi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegramʻdagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qarorga koʻra, 2021/2022 oʻquv yilidan:

Toshkent arxitektura-qurilish instituti va Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida madaniy meros obyektlarini asrash fakultetlari;

Buxoro arxitektura va qurilish kollejida Madaniy meros obyektlarini asrash yoʻnalishi ochiladi. 

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAE1x0asPVo_MAEOhNw
12.3K views13:59
Ochish/sharhlash
2021-04-08 17:11:10 ​​Davlat xaridlari yuzasidan

Telegramdagi kanallardan birida “Abituriyentlar puli qayerga ketmoqda?” sarlavhasi ostida post e’lon qilindi.

Unda Davlat test markazi avtomobil uchun bir dona signalizatsiya, bir dona kovrik va bir dona chexolni 9 696 000 so‘mga sotib olgani aytilib, tanqid qilingan.

Bu bo‘yicha shuni ma’lum qilamizki, qayd etilgan summa bir dona signalizatsiya, kovrik va chexol narxi emas, balki 4 ta mashina uchun xarid qilingan barcha tovarlar va ularga ko‘rsatilgan texnik xizmatlarning umumiy miqdoridir.

Mazkur xaridlar O‘zbekiston Respublikasi tovar xom-ashyo birjasi orqali amalga oshirilgan bo‘lib, quyidagi rasmda har bir tovar va ko‘rsatilgan xizmat bo‘yicha batafsil ma’lumot aks etgan.

Shuningdek, ushbu xaridlar budjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan amalga oshirilgan bo‘lib, abituriyentlardan test sinovida ishtirok etish uchun undiriladigan yig‘imga hech qanday aloqasi yo‘q.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAE6JbSV7-rkZQ54BLA
8.7K views14:11
Ochish/sharhlash
2021-04-07 12:30:06 ​​Gulistonda tibbiyot kolleji negizida tibbiyot oliygohi tashkil etiladi

Guliston shahridagi Shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish Respublika ilmiy markazi filiali va viloyat koʻp tarmoqli shifoxonasi bir hududda boʻlib, unga tutash yoki atrofida 10 ga yaqin tibbiyot muassasasi joylashgan. Ularni viloyat koʻp tarmoqli shifoxonasiga yagona boshqaruv asosida birlashtirib, “tibbiyot klasteri”ga aylantirish, tibbiyot kolleji negizida tibbiyot oliygohini tashkil etish uchun barcha zaruriy infratuzilma mavjudligi koʻrsatib oʻtildi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi va viloyat hokimligiga yil yakuniga qadar xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda “Guliston tibbiyot klasteri”ning loyihasini ishlab chiqib, ishni boshlash vazifasi yuklatildi.
Har bir viloyat hokimi bir oy muddatda oʻz hududida Sirdaryo tajribasi asosida, ilgʻor xorijiy klinikalar bilan hamkorlikda “tibbiyot klasterlari”ni tashkil etish boʻyicha taklif kiritishi belgilandi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAE1x0asPVo_MAEOhNw
8.6K viewsedited  09:30
Ochish/sharhlash
2021-04-06 08:05:46 ​​Umumta’lim fanlaridan test topshiriqlarini shakllantirish bo‘yicha ochiq muloqot

2021-yil 23-mart kuni Davlat test markazi tomonidan aprel oyida umumta’lim fanlaridan test topshiriqlarini shakllantirish bo‘yicha ochiq muloqot tashkil etilishi, abituriyentlar mazkur mavzu bo‘yicha savollarni 31-mart kuniga qadar @dtmga_savollar_bot telegram botiga yuborishlari mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Mazkur muddat davomida abituriyentlar va ularning ota-onalari tomonidan ko‘plab savollar kelib tushdi.

Shu munosabat bilan 2021-yil 9-aprel kuni soat 15:00 da Davlat test markazining “Youtube”dagi rasmiy kanali orqali ochiq muloqot o‘tkaziladi. Unda:

Umumta’lim fanlaridan test topshiriqlarini shakllantirish;
Test topshiriqlarining qiyinlik darajasi;
2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha kelib tushgan savollarga javob beriladi.

Shuningdek, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni ochiq muloqot davomida izohlarda qoldirishlari mumkin bo‘ladi.

Ochiq muloqot uchun havola: https://www.youtube.com/dtmuzb

Ochiq muloqot vaqti: 2021-yil 9-aprel soat 15:00.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
7.7K views05:05
Ochish/sharhlash
2021-04-04 17:19:15 ​​Jizzaxda Hindistonning Sambhram texnologiya instituti filiali ochiladi

Avvalroq Jizzax viloyati hokimligida Hindistonning Sambhram guruhining filiali hisoblanadigan Sambhram texnologiya instituti filialining ochilishi yuzasidan uchrashuv o‘tkazgan edi.

Uchrashuv davomida viloyat hokimi Ergash Soliyev va Hindiston delegasiyasi rahbari Nagaraj Venkatesh Sambhram Jizzaxda Sambhram texnologiya instituti filalini ochish to‘g‘risida kelishuv memorandumini imzoladi.

O‘zA nashri yozishicha, delegatsiyasi rahbari Sambhram guruhining raisi, doktor Nagaraj Venkatesh Sambhram Hindiston va O‘zbekiston o‘rtasida har tomonlama, ayniqsa, axborot texnologiyalari sohasida aloqalar rivojanib borayotganini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, Sambhram guruhi va uning filiali bo‘lgan Sambhram texnologiya instituti Hindistondagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida birinchi o‘rinda turadi. Jahonning 31 mingdan ziyod oliy o‘quv yurtining orasida kuchli 300 talik qatorida.

Kuchli boshqaruv bazasi va bir xil darajada kuchli resurslar bazasiga ega bo‘lganligi tufayli Sambhram guruhi ta’lim, sog‘liqni saqlash, uy-joy qurish, mulkni rivojlantirish, mehmonxonalar va dam olish joylaridagi xizmatlari bilan keng tanilgan. 30 yillik izchil va sifatli ta’lim tajribasiga ega, dunyo bo‘ylab 7 filiali, xalqaro kampuslari — talabalar shaharchasi mavjud.

Jizzaxda tashkil etilishi mo‘ljallanayotgan institutda 6 ta fakultet bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Abituriyentlarga ulashing
https://t.me/joinchat/AAAAAE1x0asPVo_MAEOhNw
8.3K viewsedited  14:19
Ochish/sharhlash