Get Mystery Box with random crypto!

Davlat Test Markazi

Telegram kanalining logotibi dtmuzb_abituriyent7 — Davlat Test Markazi D
Telegram kanalining logotibi dtmuzb_abituriyent7 — Davlat Test Markazi
Kanal manzili: @dtmuzb_abituriyent7
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 900.23K
Kanalning ta’rifi

Taʼlimga oid eng so‘nggi yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring!
Yangiliklarni norasmiy sahifamizda sodda hamda barcha tushunadigan tilda o‘qib borishingiz mumkin.
Reklama uchun: @bizda_rek

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-06-15 07:50:49 ​DINIY TA'LIM MUASSASALARIGA HUJJAT QABUL QILISH MUDDATI BELGILANDI

O'zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o'rta maxsus diniy ta'lim muassasalariga 2022-2023 o'quv yili uchun abiturientlarning hujjatlar offlayn shaklda ta'lim muassasasi qabul hay'ati tomonidan qabul qilinadi.

O'rta maxsus islom ta'lim muassasalarida: 2022 yil 20 iyundan 10 iyulgacha (shu kuni ham soat 18:00 gacha).

Talab qilinadigan hujjatlar:
– ta'lim muassasasi rahbari nomiga ariza;
– pasport yoki ID karta nusxasi (asli ko'rsatiladi);
– ma'lumoti to'g'risida attestat yoki diplom (asl nusxasi);
– 3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (oxirgi uch oyda olingan va orqa foni oq rangda bo'lishi kerak);
– chet tili bilishi to'g'risidagi sertifikat (ma'lumoti to'g'risidagi hujjatda ko'rsatilgan chet tilidan boshqa xorijiy til bo'yicha test topshiruvchilar uchun) asl nusxasi.

Oliy diniy ta'lim muassasalarida:

Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasi bo'yicha:
2022 yil 20 iyundan 20 iyulgacha (shu kuni ham soat 18:00 gacha).

Hadis ilmi maktabida: 2022 yil 20 iyundan 10 iyulgacha (shu kuni ham soat 18:00 gacha).

Talab qilinadigan hujjatlar:
– ta'lim muassasasi rektori nomiga ariza;
– pasport yoki ID karta nusxasi (asli ko'rsatiladi);
– o'rta maxsus islom ta'lim muassasasini tamomlagani to'g'risidagi hujjat (diplom) asl nusxasi;
– 3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (so'nggi uch oyda olingan hamda orqa foni oq rangda bo'lishi talab etiladi);
– “YAgona olimpiada” tanlovi diplomi (tanlovda 1-, 2- va 3-o'rinni egallagan ishtirokchilar uchun).

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Ta'lim va ilmiy-tadqiqot bo'limi


Do’stlaringizga ulashing
https://t.me/+gZrtirZ6yARjODA0
47.6K views04:50
Ochish/sharhlash
2022-06-14 16:25:56
Репетиторлик нархлари кўтарилди

Давлат статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2022 йилнинг май ойида репетиторлик нархлари апрель ойига нисбатан яъни бир ойда ўртача 0,7 фоизга ошган.

Репетиторлик нархлари йил бошидан буён ўртача 2,3 фоизга ошгани кузатилган. Шунингдек, Репетиторлик нархлари ўтган йилнинг мос даврига нисбатан яъни бир йилда ўртача 9,6 фоизга қимматлашгани кузатилган.

Сафимизга қўшилинг:

https://t.me/+gZrtirZ6yARjODA0
49.5K views13:25
Ochish/sharhlash
2022-06-13 09:32:14
Ўзбекистонда 11-синф битирувчилари кўпроқ қайси касбни танламоқда?

Ўтказилган сўровномада 11-синф битирувчиларининг асосий қисми педагогика ва психология соҳасида фаолият юритиш мақсади борлигини айтишган бўлиб, улар 20,9 фоизни ташкил этади. Битирувчиларнинг 9,1 фоизи ҳуқуқшуносликни, 7,5 фоизи тиббиётни, 5,1 фоизи эса Ахборот технологияларини танлаганини билдирган.

Сафимизга қўшилинг:
https://t.me/+gZrtirZ6yARjODA0
47.9K views06:32
Ochish/sharhlash
2022-06-12 09:31:25
Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga oliy taʼlim muassasalari kirishda davlat granti asosidagi qabul doirasidagi tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma beriladi.

Tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi:

kam taʼminlangan oilalardagi xotin-qizlar;

toʻliqsiz oilada tarbiyalanayotgan, yaʼni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;

turmush oʻrtogʻi vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolgʻiz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;

nogiron farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;

2 va undan ortiq farzandini tarbiyalayotgan, qarindoshlaridan alohida yashayotgan yolgʻiz ayollarning qiz farzandlari;

ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham I yoki II guruh nogironi boʻlgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

Tavsiyanoma olish uchun tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlariga elektron shaklda murojaat qilinadi.

Сафимизга қўшилинг:
https://t.me/+gZrtirZ6yARjODA0
49.2K views06:31
Ochish/sharhlash
2022-06-10 19:06:34 #Perevod_2022

O'qishini ko'chirmoqchi va qayta tiklamoqchi bo'lgan talabalar quyidagi manzil orqali ariza yozishlari mumkin:

Xorijiy va nodavlat oliygohlardan ko'chiruvchilar: transfer.dtm.uz

Davlat oliygohlari ichida ko'chiruvchilar: transfer.edu.uz

Qabul jarayonlari 15-iyuldan 5-avgustgacha davom etadi. Imtihon jarayonlari abituriyentlar uchun test sinovlari yakunlangach bo'lib o'tadi.

Eslatma: yuqoridagi saytlar qabul jarayonlari vaqtida ishga tushadi

ESLATMA: 2021-2022 o'quv yilidagi o'tish balli qancha ekanligini @mandatlar_2022bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+gZrtirZ6yARjODA0
50.9K viewsedited  16:06
Ochish/sharhlash
2022-06-10 14:06:10
#Диққат #Тезкор
Умумтаълим мактабларида 2023 йилдан якуний давлат имтиҳонларини давлат тест маркази олади.

Якуний давлат имтиҳонларидан ўта олмаган ўқувчилар аттестат ҳам ололмай қолиши мумкин.

Сафимизга қўшилинг:
https://t.me/+T7TzENqdSQfW9i71
52.3K views11:06
Ochish/sharhlash
2022-06-10 09:42:54 5 йил иш стажга эга хотин-қизларни ўқишга қабул қилиш ҳақида қарор чиқдими?

ЖАВОБ:
Ҳа, шундай қарор чиқди. Бу бўйича Ҳукуматнинг 9 июндаги 322-сон қарори қабул қилинди.

Аммо!

Ушбу тартиб бўйича айрим жиҳатларни билиб қўйишингиз керак.

Батафсил аудиохабарда

Биринчидан, 5 йил стажи бор ҳамма хотин-қиз ўқишга киради, дегани эмас. Ҳар йили 500 та контракт учун (грант йўқ) жой ажратилади. Масалан, 10 минг хотин-қиз тавсиянома олса, шундан фақат 500 киши мазкур тартиб бўйича қабул қилинади.

Иккинчидан, стажи борлар имтиҳонсиз ўқишга киради, дегани эмас. БАРЧА тавсиянома олганлар тестга албатта киради ва юқорироқ балл олиши керак.
Тавсиянома балл қўшиб бермайди.

Учинчидан,
бу фақат коллеж ёки техникумни тугатганлар учун амал қилади, мактабни тугатиб, ўрта маълумот билан ишлаётганларга тааллуқли эмас.

Тўртинчидан, бу фақат коллеж/техникум дипломидаги мутахассислик бўйича ишлаётганларга амал қилади. Масалан, банк коллежини тугатиб, 5 йил тикувчи бўлиб ишлаганларга тавсиянома берилмайди.

Xushnudbek
49.5K views06:42
Ochish/sharhlash
2022-06-09 14:24:23 Maksimal ball berish uchun asos bo‘luvchi sertifikatlar:

ingliz tili – milliy sertifikat, IELTS (IELTS 5,5), TOEFL (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE, Cambridge Assessment English Linguaskill;
yapon tili – milliy sertifikat, JLPT № 2;
˗ nemis tili – milliy sertifikat, Goethe-Zertifikat, DSD, Test DAF;
fransuz tili – milliy sertifikat, DELF, TCF4;
boshqa tillar – milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari.

Qo‘shimcha: Toshkent davlat yuridik universiteti uchun IELTS sertifikatiga ega abituriyentlarda writing moduli 5,5 ball yoki undan yuqori bo‘lishi lozim.

ESLATMA: O‘qishni ko‘chirish imtihonlarida ushbu sertifikatlarning birortasi amal qilmaydi

Abituriyentlarga ulashing!

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+gZrtirZ6yARjODA0
47.5K views11:24
Ochish/sharhlash
2022-06-07 19:30:29 Олийгохга кириш учун балл тўплаш энди мактабдан бошланади.

Абитуриентларнинг мактабдаги баҳолари ОТМга киришда ҳисобга олинади.

Ҳукуматнинг 19.11.2021 йил кунги қарори билан тасдиқланган низомга кўра,
2022/2023 ўқув йилидан бошлаб мактаб битирувчиларининг шаҳодатномасидаги 11 йиллик таълимнинг сўнгги 6 йиллик баҳолари ОТМга киришдаги балга қўшилади. Баҳолар электрон платформалар орқали ҳисобланади ва ДТМнинг “ABITUR” дастурига юборилади.

Максимал балл 100 фоиз деб олинади ва баллар баҳо тизимига қуйидагича ўтказилади:

86-100% учун – 5 баҳо;

71-85% – 4 баҳо;

56-70% – 3 баҳо;

56%гача – 2 баҳо.

Бу тартиб 2022/2023 ўқув йили яъни, шу йил сентябрь ойидан бошланади. Бундан кейин фарзандингизни мактабда олаётган баҳоларига эътиборли бўлсангиз фарзандингизни олий таълимга ўқишга кириши учун замин яратган бўласиз.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+gZrtirZ6yARjODA0
57.4K views16:30
Ochish/sharhlash
2022-06-06 12:57:28
10 ta OTM Asia University Rankings – 2022 xalqaro reytingida “reporter” maqomiga ega bo'ldi

Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – Times Higher Education Asia University Rankings – 2022 (Osiyo universitetlar reytingi – 2022) reyting natijalarini e'lon qildi.

Ushbu reyting dunyo bo'yicha har yili Osiyo davlatlaridagi universitetlarni tadqiqot, ta'lim sifati, xalqaro xilma-xillik, iqtiboslik va sanoat daromadi (bilimlar almashish) bo'yicha baholaydi.

Ro'yxatdan o'rin egallagan 10 ta oliy ta'lim muassasasi THE ning nufuzli reytinglariga kirish uchun nomzod sifatida tan olinib, mazkur yo'nalishda reyting agentligi ularga yaqindan yordam beradi.

Ma'lumot o'rnida, joriy yil ushbu reytingda 829 ta universitet qayd etilib, ular orasida 625 ta o'rin va 200 dan ortiq universitetlar “reporter”, ya'ni da'vogar universitetlar nominasiyasiga ega bo'lishdi.

Сафимизга қўшилинг:
https://t.me/+gZrtirZ6yARjODA0
51.5K views09:57
Ochish/sharhlash