Get Mystery Box with random crypto!

#Qabul2022 Tanlov usutvorligini belgilash Yuqoridagi postda t | Davlat Test Markazi

#Qabul2022
Tanlov usutvorligini belgilash

Yuqoridagi postda tanlov ustuvorligini belgilash bo‘yicha ma’lumot va uning ishlash sxemasi berilgan edi. Mazkur jarayonni misol asosida ko‘rib chiqsak, quyidagi holat yuzaga keladi.

Misol uchun, abituriyent test sinovida 163,5 ball to‘plasa, quyidagi ikki holatdan biri bo‘lishi mumkin:

Ustuvorlik sifatida “Davlat granti” tanlansa, abituriyent Toshkent davlat agrar universitetining “5630102 - Ekologiya va atrof muhit muhofazasi (qishloq xo‘jaligida)” ta’lim yo‘nalishiga davlat granti asosida talabalikka tavsiya etiladi.

Ustuvorlik sifatida “Davlat granti va to‘lov-kontrakt” tanlansa, abituriyent Toshkent farmatsevtika institutining “5510500 - Farmatsiya (turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishiga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi.

Abituriyentlardan ustuvorlikni belgilashda e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz!

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+gZrtirZ6yARjODA0