DINIY TA'LIM MUASSASALARIGA HUJJAT QABUL QILISH MUDDATI BELGI | Davlat Test Markazi
DINIY TA'LIM MUASSASALARIGA HUJJAT QABUL QILISH MUDDATI BELGILANDI
O'zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o'rta maxsus diniy ta'lim muassasalariga 2022-2023 o'quv yili uchun abiturientlarning hujjatlar offlayn shaklda ta'lim muassasasi qabul hay'ati tomonidan qabul qilinadi.
O'rta maxsus islom ta'lim muassasalarida: 2022 yil 20 iyundan 10 iyulgacha (shu kuni ham soat 18:00 gacha).
Talab qilinadigan hujjatlar: – ta'lim muassasasi rahbari nomiga ariza; – pasport yoki ID karta nusxasi (asli ko'rsatiladi); – ma'lumoti to'g'risida attestat yoki diplom (asl nusxasi); – 3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (oxirgi uch oyda olingan va orqa foni oq rangda bo'lishi kerak); – chet tili bilishi to'g'risidagi sertifikat (ma'lumoti to'g'risidagi hujjatda ko'rsatilgan chet tilidan boshqa xorijiy til bo'yicha test topshiruvchilar uchun) asl nusxasi.
Oliy diniy ta'lim muassasalarida:
Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasi bo'yicha: 2022 yil 20 iyundan 20 iyulgacha (shu kuni ham soat 18:00 gacha).
Hadis ilmi maktabida: 2022 yil 20 iyundan 10 iyulgacha (shu kuni ham soat 18:00 gacha).
Talab qilinadigan hujjatlar: – ta'lim muassasasi rektori nomiga ariza; – pasport yoki ID karta nusxasi (asli ko'rsatiladi); – o'rta maxsus islom ta'lim muassasasini tamomlagani to'g'risidagi hujjat (diplom) asl nusxasi; – 3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (so'nggi uch oyda olingan hamda orqa foni oq rangda bo'lishi talab etiladi); – “YAgona olimpiada” tanlovi diplomi (tanlovda 1-, 2- va 3-o'rinni egallagan ishtirokchilar uchun).
O'zbekiston musulmonlari idorasi Ta'lim va ilmiy-tadqiqot bo'limi
Taʼlimga oid eng so‘nggi yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring!. Yangiliklarni norasmiy sahifamizda sodda hamda barcha tushunadigan tilda o‘qib borishingiz mumkin. Reklama uchun: ...