Get Mystery Box with random crypto!

Sessiyani eslatma. Kel, yaxshilikdan gapir, Qora kunlarga qa | Davlat test markazi

Sessiyani eslatma.

Kel, yaxshilikdan gapir,
Qora kunlarga qaytma,
Yuragim ezma axir,
Sessiya ni eslatma!

Yildan uzun kunlarim,
Pul izlagan tunlarim,
Bechora cho’ntaklarim,
Sessiyani eslatma!

Eh domlajon, domlajon,
Bir bora bering imkon,
Bahoni qo’yib bering,
Kiydiray, sarpo chopon!

Talabalik davrini,
Derdilar oltin davr,
Domlajon sizni kutib,
Zallarda o’tdi umr.

Ey diplomjon, diplomjon,
Diydoringa yetolmay,
Ketdi qancha oltinlar,
Kursdan kursga o’tolmay.

Talaba bir tosh ekan,
Domla ekan tegirmon,
Ota onang sog’ bo’lsa,
Yaxshi o’tar imtihon.

Hech kim bermas bir tiyin qarz,
Qoldirganman mingta dars,
Yaxshi gapdan gapir bas,
Sessiyani eslatma!

Shu yil kursdan o’tvolsam,
Qani edi men omon,
Keyingi yil darslarni,
Qoldirmasdim hech qachon!!!

Dars qilish boshga zarar,
Yo’qku birorta daftar,
Yaxshi baholar olish,
Qiyin, o’limdan battar…

Biling do’stlar hayotda,
Maqsadim juda katta,
Oliy ma’lumot olib,
Olim bo’lgum albatta.

Faqat bugun o’tvolsin,
Uxlab olay bir marta!
Iltimos, sendan do’stim,
Sessiyani eslatma!

Haydalsam gar o’qishdan,
Bozorda ish yomonmas,
Eh, diplomjon sensiz ham,
Kunlarim o’tmay qolmas.

Men ishyoqmas emasman,
Uyqu kelar bir pasda,
Uyg’otib meni qasddan,
Sessiyani eslatma!


Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEqdgz9bZOF2EA4iLg