Get Mystery Box with random crypto!

​Talaba nolasi Dada, koʻproq pul bering, Xarajatlar koʻpaydi. | Davlat test markazi

​Talaba nolasi

Dada, koʻproq pul bering,
Xarajatlar koʻpaydi.
Oʻgʻlingiz erta borib,
Shartnomani toʻlaydi!

Dada, koʻproq pul bering,
Kiyim-kechak olaman.
Yoʻqsa qishda shamollab,
Darsga bormay qolaman!

Dada, koʻproq pul bering,
Telefonim buzildi.
Oʻrtada qizlar bilan
Aloqalar uzildi!

Dada, koʻproq pul bering,
Sizdan boshqa kimim bor.
Oldimizda sessiya,
Bizni kutar intizor!

Dada, koʻproq pul bering,

Onamdan soʻrolmayman.
Qancha kerak deysiz-mi?
Oldindan bilolmayman!

Dada, koʻproq pul bering...

Safimizga qoʻshiling

https://t.me/joinchat/AAAAAEqdgz9bZOF2EA4iLg