Get Mystery Box with random crypto!

Davlat test markazi 24 | DAVLAT TEST MARKAZI

Telegram kanalining logotibi dtmuz_dtmuzb_abtuz — Davlat test markazi 24 | DAVLAT TEST MARKAZI D
Telegram kanalining logotibi dtmuz_dtmuzb_abtuz — Davlat test markazi 24 | DAVLAT TEST MARKAZI
Kanal manzili: @dtmuz_dtmuzb_abtuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.88K
Kanalning ta’rifi

🔍 Abituriyentlarga oid eng so‘nggi rasmiy yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring!
Rasmiy yangiliklarni sodda tilda berib boruvchi DTMning norasmiy kanalidasiz!
👉

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-06-26 19:11:37 Бешта йўналишни танлаш

Жорий йилги тест синовларида ҳам бештагача таълим йўналишини танлаш имконияти мавжуд

5та йўналиш дегани, 5та ОТМ дегани эмас. Яъни абитуриент албатта 5та университет ёки институтни танлаши шарт эмас. Битта ОТМнинг 5та йўналишини танлаш ҳам мумкин;

5та йўналиш танлаётганда энг асосий 1 та шарт бор: мутахассислик блокидаги фанлар кетма-кетлиги мос келиши керак.

фанлар кетма-кетлиги мос бўлсин деганда, 3,1 ва 2,1 балл бериладиган 2 та фан тўғри кетма-кетликда жойлашиши керак.

Жорий йилдан таълим шакли бир хил бўлиши шарт эмас. Яъни энди бир пайтнинг ўзида ҳам сиртқи, ҳам кундузги, ҳам кечки, ҳам масофавий таълимни танлаш мумкин.

Ижодий (касбий) имтиҳон топшириладиган йўналишларда фақат битта йўналиш танлаш мумкин, 5тагача йўналиш танлаб бўлмайди. Бу чеклов ҳам ижодий, ҳам тест топшириладиган йўналишларга ҳам тааллуқли;

Магистратурада ҳам фақат 1 та мутахассислик танлаш мумкин;

5та йўналишларни танлаётганингизда аҳамиятлироқ бўлинг. Чунки танланган биринчи йўналиш устунликка эга. Яъни сиз жавоблар чиққандан кейин балим етган исталган йўналишни ўзим танлайман, деб хато ўйламанг. Мандатдан кейин қаерда ўқишни танлай олмайсиз, буни ҳужжат топшираётганда яхшилаб ўйланг. Сиз танлаган кетма-кетлик бўйича тизимнинг ўзи қаерга кирганингизни автомат чиқариб беради. Жавоблар чиққач, “мен иккинчи йўналишда эмас, тўртинчисида ўқимоқчиман” дея олмайсиз.

https://t.me/+QSfBgpW54nFlMjcy
209 viewsedited  16:11
Ochish/sharhlash
2022-06-26 09:57:46 Prezidentning 2022-yil 21-iyundagi PQ–289-son qarori bilan 2022/2023-o'quv yilidan boshlab:

Maktabgacha, umumiy o'rta, o'rta maxsus va professional ta'limda foydalaniladigan darsliklar hamda metodik qo'llanmalarni pedagog kadrlar tayyorlovchi OTMga ularning talabnomasiga muvofiq pullik asosda taqdim etish tartibi joriy qilinadi;

pedagog kadrlar tayyorlovchi OTM kunduzgi ta'lim shaklida o'qiyotgan 2–4-bosqich talabalari uchun haftalik o'quv mashg'ulotlari “4+2” tartibida (darslarning 4 kuni OTMda, 2 kuni maktabgacha va umumiy o'rta ta'lim muassasalarida amaliyot o'tash tartibida) olib boriladi.

Har yili pedagog kadrlar tayyorlovchi OTM ixtisoslik kafedralarining kamida 5 foiz professor-o'qituvchilarini xorijga tanlov asosida malaka oshirish va stajirovkaga yuborish choralari ko'riladi.

Abituriyentlarga ulashing...



https://t.me/+QSfBgpW54nFlMjcy
226 views06:57
Ochish/sharhlash
2022-06-25 11:19:32
Тест жавоблари қачон эълон қилиниши маълум бўлди.

Тест синовлари тахминан 15 кун давом этади. Тест топшириш жараёни тўлиқ якунлангач, натижалар 1 ҳафта ичида эълон қилинади. Бу ҳақда ДТМ бош мутахассиси Жамшидбек Одилов маълум қилди.

Kanalimiz linki

Barcha abituriyentlarga ulashing!

https://t.me/+QSfBgpW54nFlMjcy
217 views08:19
Ochish/sharhlash
2022-06-24 13:58:05
Кимлар тест синовлари учун тўлов пулидан озод қилиниши маълум қилинди

2022 йилда таълим муассасаларини тугатаётган академик лицей, касб-ҳунар мактабларининг битирувчилари ҳам тўловларни амалга оширмайди.

Бундан ташқари олдинги йиллар битирувчиси бўлса ҳам маълум тоифа битирувчилари тест синовлари учун тўловдан озод қилинади. Улар ногиронлиги бўлган, тўлиқ давлат таъминотидаги, ижтимоий ҳимоя ягона реестрига киритилган шахслар ва уларнинг фарзандлари ёки “Ёшлар дафтари”га киритилган ёшлар ҳам тест синовлари учун тўловдан озод қилинади.

Тўлов базавий хисоблаш миқдорининг ярим баравари, яъни 150 минг сўмни ташкил этади.

Қабулга оид янгиликлар:
https://t.me/+QSfBgpW54nFlMjcy
233 views10:58
Ochish/sharhlash
2022-06-23 17:30:00
Бу йил абитуриентлар учун тест синовлари ёпиқ биноларда ўтказилади — ДТМ

ДТМ тест синовларини агар давлат комиссиясининг ёки махсус комиссиянинг таклифлари ва чекловлари бўлмаса ёпиқ биноларда ўтказади.

Сафимизга қўшилинг:

https://t.me/+QSfBgpW54nFlMjcy
184 views14:30
Ochish/sharhlash
2022-06-22 16:44:19
Joriy yilda ham testda maksimal ball 189 boʻladi

Demak, joriy yilda xuddi oʻtgan yildagidek 5 ta fandan test olinadi va toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ball 189 boʻladi

Мajburiy fanlar bloki (barcha uchun tushadi)

1) Ona tili (oʻzbek, rus yoki qoraqalpoq tili)
2) Мatematika
3) Oʻzbekiston tarixi

Uchala fanning har biridan 10tadan savol tushadi har biri uchun 1,1ball beriladi.

Majburiy blokdan jami toʻplash mumkin boʻlgan ball–33 ball

Тa’lim yoʻnalishiga mos mutaxassislik blokidagi fanlar (yoʻnalishiga qarab oʻzgaradi)

1-fan-30 ta savol, har biri uchun 3,1 ball
2-fan-30 ta savol, har biri uchun 2,1 ball

Mutaxassislik fanidan jami toʻplash mumkin boʻlgan ball–156 ball

Oʻylash uchun jami 3 soat vaqt Agar chet tilidan sertifikati boʻlsayu, faqat majburiy blok va 1 ta mutaxassislik fanidan test topshirsa, unda 2 soat beriladi

XULOSA joriy yil 5 ta fan 90 ta savol, 189 maksimal


https://t.me/+QSfBgpW54nFlMjcy
189 views13:44
Ochish/sharhlash
2022-06-20 06:09:03 Qabul boshlandi!



2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlanadi. Biroq hali ba'zi nyuanslar bor, hozircha buni to‘liq bo‘lmagan qabul deyish mumkin. Biroq baribir onlayn hujjat topshrishni amalga oshirib turish to‘g‘ri bo‘ladi.

Onlayn hujjat topshirish haqida

Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn amalga oshiriladi.

Bunda abituriyentlar:

telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazishi

pasport ma’lumotlari

doimiy yashash manzili va tugatgan ta’lim muassasasi bo‘yicha ma’lumotlarni kiritishlari

imtiyozlari mavjud bo‘lsa, ularni tekshirishlari

chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini kiritishlari mumkin.

Ta’lim yo‘nalishlarini esa 2022-2023-o‘quv yili uchun qabul parametrlarining ta’lim tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlanganidan so‘ng tanlash mumkin bo‘ladi. Ya'ni, hozircha 5 ta yo‘nalishni tanlash imkonsiz.

Ro‘yxatga olish 20-iyulga qadar (20-iyul kuni ham) davom etadi va abituriyentlar 20-iyulga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini kiritishlari mumkin bo‘ladi.

https://t.me/+QSfBgpW54nFlMjcy
202 views03:09
Ochish/sharhlash
2022-06-16 18:07:26
https://mandat.dtm.uz/BallVuz/Index

Mana shu havola orqali o‘tib siz o‘tgan yili O‘zbekistonning istalgan OTM'da (universitetida) kirish imtihonlaridan so‘ng o‘tish bali qancha bo‘lganini bilib olsangiz bo‘ladi.

Buning uchun hududni, OTM va ta'lim shakli, shuningdek ta'lim tilini tanlaysiz.

Suratda o‘zim o‘qiyotgan O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universiteti bo‘yicha o‘tgan yilgi raqamlar keltirilgan.
https://t.me/+QSfBgpW54nFlMjcy
214 views15:07
Ochish/sharhlash
2022-06-16 08:37:05 Rasman: qabul 20-iyundan boshlanadi

Prezidentning tegishli qaroriga asosan, davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonida abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali har yili 20-iyundan 20-iyulga qadar (20-iyul kuni ham), chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha esa 10-iyulga qadar (10-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.



Abituriyentlarga ulashing!

https://t.me/+QSfBgpW54nFlMjcy
200 views05:37
Ochish/sharhlash
2022-06-16 07:50:44 #ДИҚҚАТ #ХУШХАБАР

Жорий йил ҳам 5 тагача йўналиш танлаш мумкин, фақат эндиликда абитуриент турли таълим шаклини (кундузги, сиртқи, кечки, масофавий) танлашига ҳам рухсат берилади

Президент қарорига кўра, абитуриентларга:

тест синови топшириладиган фанлар мажмуаси ва кетма-кетлиги бир хил бўлган бештагача бакалавриат таълим йўналишларини ҳамда бир вақтнинг ўзида барча таълим шаклларини танлаш ҳуқуқи берилади;

рўйхатдан ўтиш жараёнида танланган бакалавриат таълим йўналишлари устуворлигига қараб дастлаб давлат гранти, кейинчалик тўлов-контракт асосида танловда иштирок этиш имконияти берилади.

https://t.me/+QSfBgpW54nFlMjcy
188 views04:50
Ochish/sharhlash