Get Mystery Box with random crypto!

​​O‘qituvchilar uchun Aptis testi bo‘yicha vebinar o‘tkazildi | Qoraqalpog’iston Respublikasi | BBA

​​O‘qituvchilar uchun Aptis testi bo‘yicha vebinar o‘tkazildi

2021-yil 9-fevral kuni “O‘qituvchilar uchun Aptis testlari” mavzusida vebinar o‘tkazildi.

Vebinar “Mentor Hub” tomonidan Britaniya Kengashi (British Council) va Davlat test markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Vebinarda dastlab so‘zga chiqqan, Britaniya Kengashi xalqaro baholash guruhi a’zosi Fiona Mitchell “O‘qituvchilar uchun Aptis” testi haqida umumiy ma’lumot berib o‘tdi.

Undan so‘ng Britaniya Kengashi xalqaro baholash guruhining yana bir a’zosi Antoaneta Yordanova “O‘qituvchilar uchun Aptis” testining maqsadi, test formati va uning tarkibiy qismlari haqida batafsil tushuncha berdi.

So‘ngra, Davlat test markazining Chet tilini bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi bosh mutaxassislari Nasimbek Lutfiyev va Avazbek Abbosov tomonidan test sinovi uchun ro‘yxatdan o‘tish qanday amalga oshirilishi haqida ma’lumot berildi.

Vebinar yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.

Vebinar Youtube videoxostingi orqali onlayn translatsiya qilindi. Vebinarda ishtirok eta olmaganlar ushbu havola orqali vebinar videosini ko‘rishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube