Get Mystery Box with random crypto!

#Qabul2022 #MatbuotAnjumani #Live Test sinovlariga surdotar | DTM AXBOROTI

#Qabul2022 #MatbuotAnjumani #Live
Test sinovlariga surdotarjimonlar jalb etildi

Test sinovlari to‘liq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan holda o‘tkazildi va abituriyentlar hamda ularning ota-onalari test2022.uz sayti va “Viasat Explore” telekanali orqali test sinovlarini onlayn kuzatib borishlari mumkin bo‘ldi.

Abituriyentlarni test sinovlari o‘tkaziladigan hududlarga kiritishda va shaxsini aniqlashda shaxsni identifikatsiyalash vositalaridan foydalanildi. Buning natijasida boshqa bir shaxslarning abituriyentlarning o‘rniga test sinovlariga kirishining oldi olindi.

Oldingi yillarda kimyoviy elementlar davriy jadvali va fizika fanidan “Doimiy fizik kattaliklar va shartli belgilashlar jadvali” berilgan bo‘lsa, joriy yilda ular bilan birga kimyo, fizika va matematika fanlaridan asosiy formulalar jadvali ham berildi.

Shuningdek, abituriyentlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida kimyo, fizika va matematika fanlarida har bir test topshirig‘idan so‘ng misol ishlash uchun ma’lum miqdorda joy qoldirildi. Natijada abituriyentlarga hisob-kitob talab etiladigan misollarni test topshiriqlari kitobining oxiriga ko‘chirib, ishlash o‘rniga shu yerning o‘zida ishlash imkoniyati yaratildi.

Joriy yilda yaratilgan qulayliklardan yana biri ilk bor eshitishda nuqsoni bo‘lgan abituriyentlar uchun test sinovlariga surdotarjimonlar jalb etildi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube