Get Mystery Box with random crypto!

​​​​​​“YIQILGAN” ABITURIYENT HAM TALABA BO‘LISHI MUMKIN Abit | DTM AXBOROTI

​​​​​​“YIQILGAN” ABITURIYENT HAM TALABA BO‘LISHI MUMKIN

Abituriyentlar
belgilangan kvota bo‘yicha o‘qishga kirolmagan taqdirda SUPER KONTRAKT asosida qabul qilinishi mumkin.

Bunda SUPER KONTRAKTning miqdori kontrakt to‘loviga nisbatan quyidagicha belgilanadi:
1 ballgacha yetmaganda — 1,5 barobar;
1,1 balldan 2 ballgacha yetmaganda — 2 barobar;
2,1 balldan 3 ballgacha yetmaganda — 2,5 barobar;
3,1 balldan 4 ballgacha yetmaganda — 3 barobar;
kirish uchun 4 balldan ko‘p va minimal balldan (56,7) kam bo‘lmaganda — 10 barobar va undan ko‘p (yo‘nalishga qarab).

Bundan tashqari, 56,7 dan kam ball to‘plaganlar ham talaba bo‘lishi mumkin.

Bunda abituriyentlar hujjat topshirgan yo‘nalishi bo‘yicha eng yuqori SUPER KONTRAKT miqdorining 2 barobarini to‘lashi lozim.
Masalan, oshirilgan to‘lov kontrakti 10 barobar (100 mln. so‘m) bo‘lsa — 20 barobar (200 mln. so‘m) to‘lanadi.

Oʻtgan yili super-kontrakt narxlari 46 milliondan 229 million so‘mgacha boʻlgan edi.

Eslatib o‘tamiz, oshirilgan kontrakt faqat birinchi o‘quv yili uchun to‘lanadi.

1 , 2

P.S: 2021-yilgi maʼlumotlar, yangilik boʻlsa yozamiz :)

Batafsil maʼlumot
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube