Get Mystery Box with random crypto!

#Perevod_2022 O‘QISHNI KO‘CHIRISH TALABI RAD ETILISHIGA ASO | Davlat test markazi

#Perevod_2022

O‘QISHNI KO‘CHIRISH TALABI RAD ETILISHIGA ASOSIY SABABLAR!

Jumladan;

xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo'lmagan oliy ta'lim muassasalarida yoki ularning filiallarida o'qiganlarga;

respublika oliy ta'lim muassasalaridagi mavjud ta'lim shaklidan o'zga (boshqa) ta'lim shaklida o'qiganlarga;

birinchi kursning birinchi semestr tugallanmagan holatda bo‘lsa (talabaga kasallik tufayli akademik ta'til berilgan holatlar, o'qigan ta'lim yo'nalishi mavjud bo'lmaganda ko'chirib tiklash holatlari bundan mustasno);

oliy ta'lim muassasasida mos (turdosh) ta'lim yo'nalishi (mutaxassisligi) yoki ta'lim shakli mavjud boʻlmasa;

to'lov-kontrakt asosida o'qishga tavsiya etilganlar to'lovni belgilangan muddatda amalga oshirmaganda;

talabaning shaxsiy yig'ma jildi (akademik ma'lumotnoma) belgilangan muddatlarda taqdim etilmaganda;

oliy ta'lim muassasasi moddiy-texnika bazasining imkoniyati cheklanganda;

maqsadli qabul qilinganlar boshqa ta'lim yo'nalishi yoki ta'lim shakliga, boshqa oliy ta'lim muassasasiga ko‘chirishda;

talaba Oʻzbekiston va xorijiy oliy ta'lim muassasalarining o'zaro kelishuvi asosida qabul qilinib qo'shma ta'lim dasturlari asosida tahsil olgan yoki tahsil olayotgan bo'lsa (mazkur qo'shma dasturning o'zi bundan mustasno);

https://t.me/dtm_yangiliklari_testlari