Get Mystery Box with random crypto!

🎓 Davlat test markazi

Telegram kanalining logotibi dtm_xabarlar — 🎓 Davlat test markazi D
Telegram kanalining logotibi dtm_xabarlar — 🎓 Davlat test markazi
Kanal manzili: @dtm_xabarlar
Toifalar: Taʼlim , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 296
Kanalning ta’rifi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining telegramdagi NORASMIY kanali.
Instagram.com/DTM_xabarlar
Ishonch telefoni:
( 998 95) 199 19 14
Murojaat: @DTM_XabarlarBot

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2020-07-25 09:32:07 ​​#Qabul2020
2020-2021-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlandi

2020-2021-o‘quv yili
uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish rasman yakunlanganini ma’lum qilamiz.

Ro‘yxatga olish 20-iyundan 20-iyulga qadar barcha hududlarda Davlat test markazining rasmiy veb-sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali, respublikamizning 8 ta tumanida esa Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirildi.

Ro‘yxatdan o‘tgan jami abituriyentlar 1 484 085 nafarni tashkil etdi.
Shundan, joriy yil bitiruvchilari 536 144 nafar (36,13 %).

Ta’lim shakli bo‘yicha:

Kunduzgi
ta’lim shakli – 798 608 nafar (53,81 %);
Sirtqi ta’lim shakli – 648 733 nafar (43,71 %);
Kechki ta’lim shakli – 36 744 nafar (2,48 %).

Tillar kesimida:

O‘zbek tili – 1 297 445 nafar (87,42 %);
Rus tili – 139 115 nafar (9,37 %);
Qoraqalpoq tili – 44 279 nafar (2,98 %);
Boshqa tillar – 3 246 nafar (0,22 %).

Davlat test markazi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi!

Batafsil maʼlumot

https://t.me/joinchat/AAAAAEuyZ0H3bjzqURRY_g
1.4K viewsedited  06:32
Ochish/sharhlash
2020-07-17 15:11:57
Ўқишини кўчирмоқчи бўлган талабалар диққатига!

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўқишни кўчиришга оид жадвални эълон қилди.

Жадвал орқали қайси таълим шаклидан қайси таълим шаклига ўқишни кўчириш мумкин ёки мумкин эмаслигини билиб олишингиз мумкин.

#eduuz
Batafsil maʼlumot
https://t.me/joinchat/AAAAAEuyZ0H3bjzqURRY_g
2.3K viewsedited  12:11
Ochish/sharhlash
2020-07-13 12:59:24 Rasmiy bayonot

Abitur.dtm.uz sayti orqali abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish dasturi 2020-2021-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul test sinovlari jarayonlarini soddalashtirish, qulaylik yaratishning eng yaxshi tizimidir.

Mazkur tizim yordamida abituriyent uyidan tashqariga chiqmagan holda ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratilgan. Shuningdek, tizim bilan ishlashda murakkabliklar yo‘q.

Shunday bo‘lsa-da, keyingi kunlarda yangi pasport olgan abituriyentlar tomonidan Davlat test markaziga pasport ma’lumotlarini kiritishda muammo bo‘layotganligiga doir, xususan, pasport ma’lumotlari, seriya va raqamlari avtomatik ravishda chiqmayotganligi to‘g‘risida murojaatlar bo‘lib turibdi. Bunday holatlar haqida turli internet nashrlarida ma’lumotlar e’lon qilinmoqda.

Hurmatli dastur foydalanuvchilari! Masalani hal etish o‘zining vakolatiga kirmasa-da va holatga befarq emasligi, pasport ma’lumotlari dasturda avtomatik tarzda yuklanishi ta’minlanganligini hisobga olib, Davlat test markazi tomonidan masala mohiyati va uni hal etish yuzasidan vakolatli davlat organlariga, jumladan, Ichki ishlar vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga rasmiy xat orqali murojaat qilindi.

O‘z navbatida qayd etish kerakki, Davlat test markazi ushbu muammoga uchrayotgan abituriyentlar haq-huquqining to‘la tan olinishi, e’tirof etilishi va ta’minlanishi tarafdoridir hamda vakolatli organlar tomonidan ushbu masala tezkorlik bilan ijobiy hal etilishiga umid bildiradi.

Batafsil maʼlumot
https://t.me/joinchat/AAAAAEuyZ0H3bjzqURRY_g
2.0K viewsedited  09:59
Ochish/sharhlash
2020-07-13 11:51:09 Chet tili sertifikatiga ega abituriyentlar diqqatiga!

Ma’lumki, chet tillaridan sertifikatga ega abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritadi.

Hozirda mazkur ma’lumotlar asosida Davlat test markazi tomonidan sertifikatlarning haqiqiyligi tekshirilmoqda va ularga 3 xil status berilmoqda:

Sertifikat dasturga kiritilganda – “Tekshirilmoqda”.

Sertifikatning haqiqiyligi va imtiyoz berish uchun talabga javob berishi aniqlanganda – “Tasdiqlandi”.

Sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanmasa yoki imtiyoz berish uchun talabga javob bermasa – “Tasdiqlanmadi”.

Bunda, sertifikati tasdiqlanmagan abituriyentlarda, sertifikat nima uchun tasdiqlanmaganligining sababi ham keltiriladi.

Hozirgi kunga qadar Davlat test markazi tomonidan 6 000 dan ziyod sertifikatlar tekshirildi va 450 dan ortiq sertifikatlar talabga javob bermasligi aniqlandi.

Tekshirish jarayonida qalbaki sertifikatlar ham aniqlanayotgan bo‘lib, sertifikatlarni qalbakilashtirgan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmaydi va ularga qonunda belgilangan chora ko‘riladi.

Sertifikatlarni tekshirish ma’lum vaqt olishini inobatga olgan holda, chet tili sertifikatiga ega abituriyentlardan sertifikatlarini 18-iyulga qadar kiritishlarini so’raymiz.

Batafsil maʼlumot
https://t.me/joinchat/AAAAAEuyZ0H3bjzqURRY_g
1.9K viewsedited  08:51
Ochish/sharhlash
2020-07-02 19:26:42 ​​Davlat test markazi rahbariyatida o‘zgarish

Bugun Davlat test markazida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Vazirlar Mahkamasining mas’ul vakillari va DTM rahbariyati, xodimlari ishtirok etgan mazkur yig‘ilishda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 1-iyuldagi 416-son qaroriga muvofiq, Davlat test markazi rahbariyati tarkibida o‘zgarish bo‘lganligi qayd etildi va ushbu qaror bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining o‘rinbosari etib tayinlangan Sardor Baxtiyorovich Radjabov ishtirokchilarga tanishtirildi.

Sardor Baxtiyorovich Radjabov Toshkentdagi xalqaro vestminster universitetida bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olgan bo‘lib, 2015-yildan buyon Davlat test markazida faoliyat yuritib kelmoqda. Bungacha u “Uzdunrobita”, “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi va Toshkent shahar hokimligida turli lavozimlarda ishlab kelgan.

Yig‘ilishda S.B.Rajabovning ishga yangicha munosabati, kreativ yondashuvi, xalqaro hamkorlik yo‘lidagi unumli faoliyati, Davlat test markazi tomonidan kelajakda xalqimiz uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga doir yengilliklar yaratish borasidagi zamonaviy, dolzarb va juda muhim takliflari hamda shu yo‘nalishda ish olib borayotganligi aytildi.

Vazirlar Mahkamasining mas’ul vakillari va Davlat test markazi rahbariyati S.B.Rajabovga yangi, lekin o‘ta mas’uliyatli ish faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladilar.

Batafsil maʼlumot
https://t.me/joinchat/AAAAAEuyZ0H3bjzqURRY_g
2.3K views16:26
Ochish/sharhlash
2020-07-02 14:58:34
2-iyul - mustaqil O‘zbekiston tarixi sahifalaridagi yana bir muhim sana, u bizga suveren taraqqiyotning ahamiyatini eslatib turadi.

1992-yil aynan shu kuni O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan.

Suverenitetimiz timsollaridan biri milliy merosimizning eng yaxshi jihatlarini o‘zida mujassam etgan, uning tasvirlari esa xalqimiz uchun katta ahamiyatga ega.

Batafsil maʼlumot
https://t.me/joinchat/AAAAAEuyZ0H3bjzqURRY_g
1.9K views11:58
Ochish/sharhlash
2020-07-01 02:51:12 ​​Akkauntni o‘chirish

Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish tizimi (abitur.dtm.uz sayti)ga “Akkauntni o‘chirish” funksiyasi qo‘shildi.

Mazkur funksiya “Shaxsiy ma’lumotlar” bo‘limida joylashgan.

Akkauntni o‘chirish uchun quyidagi qadamlarni bajarish zarur:

-qadam: Parol kiritiladi va “Akkauntni o‘chirish” tugmasi bosiladi.

-qadam: Telefon raqamiga kelgan SMS kod kiritilib, tasdiqlanadi.

Ushbu qadamlar bajarilgandan so‘ng akkaunt to‘liq o‘chirib yuborilgan hisoblanadi.

Akkaunt o‘chirilganda:

Foydalanuvchining barcha ma’lumotlari tizimdan o‘chiriladi;

Abituriyent 2020-2021-o‘quv yili uchun kirish imtihonlarida qatnashish huquqini yo‘qotadi.

Akkauntni o‘chirgan abituriyentlar 20-iyulga qadar qayta ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Shuningdek, abituriyentlar imtiyozlarini xato kiritgan taqdirda imtiyozlar bo‘limiga kirib, o‘z imtiyozlarini o‘chirishi yoki o‘zgartirishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish muddati tugagun (20-iyul)ga qadar doimiy yashash manzilini, tugatgan ta’lim muassasasini, imtiyozlarini va tanlagan ta’lim yo‘nalishlarini o‘zgartirish imkoniyatiga ega.

Batafsil maʼlumot
https://t.me/joinchat/AAAAAEuyZ0H3bjzqURRY_g
1.9K views23:51
Ochish/sharhlash
2020-07-01 02:51:12 O‘z telefon raqamingizdan foydalaning

Hurmatli abituriyentlar!

Oliy ta’lim mussasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tishda o‘z telefon raqamingizdan foydalanishingizni va ma’lumotlarni to’g’ri kiritishingizni so‘raymiz.

Chunki ro‘yxatdan o‘tishda va ma’lumotlarni o‘zgartirishda sizning telefon raqamingizga SMS xabar yuboriladi va siz SMS xabardagi 5 xonali raqamni dasturga kiritish orqali ma’lumotlarni tasdiqlaysiz.

Tizimga kiritilgan telefon raqamisiz ma’lumotlaringizni o‘zgartira olmaysiz.

Davlat test markazining murojaatlar markaziga abituriyentlardan telefon raqamini o‘zgartirib berish bo‘yicha murojaatlar kelib tushmoqda.

Bunga abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda o‘z telefon raqamlarini kiritmaganligi sabab bo‘lmoqda.

Abituriyentlardan buning sababi so‘ralganda, qaysidir kompyuter xizmatlarini ko‘rsatuvchi joylar orqali yoki qaysidir tanishining yordami bilan ro‘yxatdan o‘tganligini va tizimga ularning telefon raqami kiritilganligini aytishmoqda.

Sizlardan ro‘yxatdan o‘tishda o‘z telefon raqamingizdan foydalanishingizni va ma’lumotlarni kiritishda e’tiborli bo‘lishingizni so‘raymiz.

Batafsil maʼlumot
https://t.me/joinchat/AAAAAEuyZ0H3bjzqURRY_g
1.7K viewsedited  23:51
Ochish/sharhlash
2020-06-30 21:54:41 Diniy ta’lim muassasalari qabul hay’ati bilan qanday bog‘lansa bo‘ladi?

Toshkent islom instituti:
Telefon raqami:
71-227-23-47
Sayti:
www.Islaminstitut.uz

Mir Arab oliy madrasasi:
Telefon raqami:
95-604-45-97
Sayti:
www.mirarab.uz

Hadis ilmi maktabi
Telefon raqami:
66-240-20-51
Sayti:
www.hadith.uz

Ko‘kaldosh
Telefon raqami:
71-249-30-90
Sayti:
www.kukaldosh.uz

Xadichai Kubro
Telefon raqami:
71-299-24-11
Sayti:
www.xadicha.uz

Sayyid Muhyiddin Maxdum
Telefon raqami:
99-971-12-08
Sayti:
www.maxdum.uz

Hidoya
Telefon raqami:
69-226-60-60
Sayti:
www.hidoya.uz

Xoja Buxoriy
Telefon raqami:
75- 542-72-25
Sayti:
www.xojabuxoriy.uz

Imom Termiziy
Telefon raqami:
97-389-06-50
Sayti:
www.termiziy.uz

Mir Arab
Telefon raqami:
95- 600-45-97
Sayti:
www.mirarabmadrasa.uz

Jo‘ybori Kalon
Telefon raqami:
65-221-77-44
Sayti:
www.juyborikalon.uz

Faxriddin ar-Roziy
Telefon raqami:
95-602-70-21
Sayti: www.
arroziy.uz

Muhammad al-Beruniy
Telefon raqami:
61-229-03-20
Sayti:
www.alberuniy.uz


Batafsil maʼlumot

https://t.me/joinchat/AAAAAEuyZ0H3bjzqURRY_g
1.7K viewsedited  18:54
Ochish/sharhlash
2020-06-24 18:11:02 8 ta tumanda abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi

Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan 2020-2021-o‘quv yili qabulida oliy ta’lim muassasalariga kirish sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishga ruxsat berilgan Davlat xizmatlari markazlari ro’yxati:

Mo‘ynoq tumani;
Konimex tumani;
Tomdi tumani;
Uzun tumani;
Boysun tumani;
So‘x tumani;
Farg‘ona tumani;
Sardoba tumani.

Eslatib o‘tamiz, abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish 20-iyundan 20-iyulga qadar (20-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Ro’yxatdan o’tish barcha hududlarda:

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz);

Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (www.dtm.uz, abitur.dtm.uz) orqali amalga oshiriladi.

Batafsil maʼlumot
https://t.me/joinchat/AAAAAEuyZ0H3bjzqURRY_g
2.0K viewsedited  15:11
Ochish/sharhlash