Get Mystery Box with random crypto!

​​Abituriyentlar diqqatiga! 2020-yil 20-iyul kuni 2020-2021 | 🎓 Davlat test markazi

​​Abituriyentlar diqqatiga!

2020-yil 20-iyul
kuni 2020-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi.

Ma’lumki, test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari (111.500 so‘m) miqdorida to‘lovni amalga oshiradilar.

Test sinovlari uchun to‘lovni belgilangan muddatda amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan hisoblanadi va test sinovlarida ishtirok eta olmaydi.

Hozirda onlayn ro‘yxatdan o‘tgan, lekin to‘lovni amalga oshirishga ulgurmagan abituriyentlar mavjud bo‘lib, ular 21-iyul kuni soat 23:59 qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkinligini ma’lum qilamiz.

Batafsil maʼlumot
https://t.me/joinchat/AAAAAEuyZ0H3bjzqURRY_g