Sirtqida o‘qiydiganlar ham ta’lim kreditini olsam bo‘ladimi? | DTM
Sirtqida o‘qiydiganlar ham ta’lim kreditini olsam bo‘ladimi?
Savol: Men ta’limning sirtqi shaklida o‘qiyman. Men ham ta’lim kreditini olsam bo‘ladimi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga ko‘ra 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab respublikadagi barcha oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriatining kunduzgi taʼlim shaklida hamda magistratura bosqichida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olish uchun taʼlim krediti ajratishning yangi tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Bunda, ta'limning sirtqi, kechki shakllarida va ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha tahsil oladigan talabalar yoki xorijiy davlatlar fuqarolari nazarda tutilmagan.
📚Majburiy fanlar, Ona tili va adabiyot fanlariga ixtisoslashtirilgan maxsus kanalimizga xush kelibsiz!. 🖥Online darslar. 🔐Test yechish sekretlari. 📌DTM testlar. 📨Murojaat va shikoyatlar...