Get Mystery Box with random crypto!

Tarixdan Testlar | DTM

Telegram kanalining logotibi dtm_tarixdan_testlar — Tarixdan Testlar | DTM T
Telegram kanalining logotibi dtm_tarixdan_testlar — Tarixdan Testlar | DTM
Kanal manzili: @dtm_tarixdan_testlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.58K
Kanalning ta’rifi

PTMA Jizzax shahar 3-sonli ixtisoslashgan maktabning Tarix va Tarbiya fani o'qituvchisi Abduraxmonov Baxtiyorning telegram kanaliga xush kelibsiz.
Murojaat uchun: @Tarix_ustoz

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 5

2023-01-31 14:13:39
ЎҚИШ

Ҳаётимдаги бурилиш нуқта - онам телевизорни ўчириб қўйиб, мени ўқишга мажбур қилган кундир.

Бен Карсон, машҳур нейрохирург, сиам эгизакларини бир-биридан муваффақиятли ажратган дунёдаги иккинчи одам.

------------
Биринчиси ким бўлган экан деб ҳайрон бўлаётгандирсиз? Имом Абу Ҳанифа раҳимаҳуллоҳ бўлганлар. Танаси ёпишган эгизакларнинг бири вафот этганда, буюк имомнинг олдиларига маслаҳат сўраб келишган. Шунда имом Абу Ҳанифа раҳимаҳуллоҳ вафот этган тарафини ерга кўмиб, тиригига овқат бериб, қараб туришни маслаҳат берганлар. Уч кун ўтиб, ер эгизакларни бир-биридан ажратган.
ㅤㅤㅤ

@Dtm_tarixdan_testlar
1.2K viewsFinancier, 11:13
Ochish/sharhlash
2023-01-31 14:13:38
Samarqand davlat universiteti 1966-yil.

Surat amerikalik sayyoh tomonidan olingan.

@Dtm_tarixdan_testlar
1.1K viewsFinancier, 11:13
Ochish/sharhlash
2023-01-31 14:13:38 Altamir – Ispaniyada

Lasko – Fransiyada

Kapova g’ori – Boshqirdistonda

Zarautsoy – O’zbekistonda

Tutanxamon maqbarasi – Mirsda

Maykop qo’rg’oni – Kavkazda

Yava oroli – Indonizeyada

Peshovar – Pokistonda

Surxko’tal – Afg’onistonda

Zama shahri va Finikiya koloniyasi - Shimoliy Afrikada joylashgan.

Buxoro, Xorazm, Surxondaryo – Viloyatlaridan bronza davri manzilgohlari topilgan.

Zamonbobo – Buxoro viloyati Qorako’l tumanida

Sopollitepa – Surxondaryo viloyati Muzrobod tumanida

Jarqo’ton – Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida joylashgan.

@Dtm_tarixdan_testlar
1.1K viewsFinancier, 11:13
Ochish/sharhlash
2023-01-31 12:01:14
Accounts Receivable Manager

Вакансия иш тажрибаси бўлмаган битирувчилар учун тўғри келади.

Компания: Pharmbills (American outstaff company)

Локация: масофадан туриб ишлаш

Иш ҳақи: $600 (gross)

Талаблар:
инглиз тилини билиш даражаси Upper-Intermediate ва ундан юқори (ҳар куни америкалик мижозлар билан мулоқот қилиш учун юқори сўзлашув даражаси);
иш тажрибасининг бўлиши шарт эмас;
инглиз тили ва мантиқ бўйича тестни топшириш.

Илтимос, ариза берилгандан сўнг почтани ва спам-папкани текшириб кўринг. Тестлар автоматик тарзда келади.

Нима таклиф этилади:
3/12 ой босқичларида иш ҳақини қайта кўриб чиқиш имконияти;
иш кунининг 18:00 да бошланиши (full time);
онлайн ишлаш имконияти;
зарур техника билан таъминланиш;
тиббий суғурта;
халқаро тренинглар ва шахсий менторлик;
расмий ва узоқ муддатли контракт.

Мажбуриятлар:
ҳисоботлар;
молиявий маълумотлар таҳлили;
банк ҳужжатлари билан ишлаш.

Ариза бериш: http://go.academy.pharmbills.com/9968
1.2K viewsReklama menejer, 09:01
Ochish/sharhlash
2023-01-29 18:18:47
11-sinf O'zbekiston tarixi 2011-yilda bo'lgan voqealar.

Muallif: Baxtiyor_Abduraxmonov
Do'stlarizga ulashing va kanalimizga taklif qiling.
@Dtm_tarixdan_testlar
1.9K viewsABDULAZIZ ABDUHOLIQOV, 15:18
Ochish/sharhlash
2023-01-29 16:14:05
TARIX ATTESTATSIYA  - 2023
                              Bahorgi Attestatsiya kurslari
Online MAXSUS - yopiq guruh faoliyatini boshladi

       

      Mart-aprel oylarida bo'lib o'tadigan attestatsiya sinovlarida istalgan natija uchun ajoyib imkoniyat
Bu guruhda siz barcha testlarni-

Mavzulashtirilgan
DTM
Attestatsiya
Murakkab
Jadvalli
Grafikali
Eyler- Ven diagrammali
To'g'ri -noto'g'ri  shaklidagi
      testlarning o'ziga xos yechimi sirlaridan boxabar bo'lasiz va asosiysi har bir ustoz bilan alohida savol javob qilib boriladi.

Shoshiling
imkoniyatni qo'ldan boy bermang

    

     1,5 yillik faoliyatimiz davomida guruhimizda 100 ga   yaqin
      Tarixchilar toifa sinovlaridan
      muvaffiqiyatli o'tdilar.
      Natijalar
https://t.me/tarixchi_ustoz_natijalari

Murojaat uchun:
@NN_Niyazov
  +998995755687
1.9K viewsFinancier, 13:14
Ochish/sharhlash
2023-01-29 16:14:04 8-SINF JAHON TARIXI XRONOLOGIYASI

1434-1482-yillargacha Potugal va Ispanlar Yashil burundan Kongo daryosigacha bolgan qirgoq
hududlarini organib chiqishdi.
1452-1519 – yillar Leonardo da Vinchi yashagan yillar.
1473-1543-yillar Nikolay Kopernik yashagan yillar.
1475-1564 yillar Mikelanjelo Buonarroti yashagan yillar.
1478-1535 - yillar Tomas Mor yashagan yillar.
1483-1520 - yillar Rafael Santi yashagan yillar.
1485-1507-yillar-Tyudorlar sulolasi asoschisi Genrix VII Tyudor davri.
1492-yil 12-oktyabrda-Kolumb Bagama orollari tarkibiga kiruvchi bir orolga yetib keldi va uni
“San-Salvador” ( “Muqaddas xaloskor” ) deb atadi.
1492-yil-X.Kolumb Ispan qiroli bilan Hindistonga yol ochish togrisida shartnoma tuzdi.
1497-yil Vasko Da Gama Afrikani janubdan aylanib otib, Hind okeaniga chiqdi.
1498-yil-Vasko Da Gama arab dengizchisi Ahmad ibn Majidyordamida Hindistonga yetib keldi.
1499-yil Vasko Da Gama Portugaliyaga qaytib keldi.
1500-yillar-Kabral tomonidan Braziliyani kashf etildi.
1500-yil-Shayboniyxon Samarqandga yurish amalga oshirdi.
1502-1524 yillar-Ismoil Safaviy davri.
1502-1722 yillar -Eronda safaviylar davri.
1507-yil-Valdzemyuller Kolumb kashf etgan qitani Amerika deb atashni taklif etdi.
1507-yil-Yaponiya tarixida notinch davrlar boshlandi.
1509-1547 yillar-Angliyada Genrix VIII Tyudor davri.
1510-yil Kuba Ispanlar tomonidan bosib olindi.
1510-yil-Eron shohi Safaviy qoshini va Shayboniyxon qoshinlari ortasida Marv yaqinida toqnashdi.
1510-yil-IspanlarTripolini bosib oldilar.
1514-yil Turk Sulton Salim I Eron shohi Ismoil Safaviy qoshinlarini tormor etdi.
1515-yil-Yangi Dunyo,,Amerika “ deb nomlangan birinchi globus Germaniyada yaratildi.
1517 yil-Martin Lyuter ozini,,95 tezis” nomli asarini cherkov eshigiga yopishtirib qoydi.
1517-yil-Germaniyada reformatsiyani boshlanishi.
1517-yil-Usmonli turklar Qohirani egalashi.
1519-yil-Fernando Magellan Amerika qitasini aylanib otib,Hindistonga boradigan yolni ochdi.
1522-yil-F,Magellan birinchi bolib gunyoni aylanib chiqishga muvaffaq boldi.
1524-1526 yillar-Germaniyada Buyuk dehqonlar urushu bolib otdi.Tomas Myunser boshchiligida.
1526-yil 21-aprel-Panipat jangi.
1526-yil-Germaniya reyxstagi har bir nemis knyazi ozi va fuqarosi uchun xohlagan dinni qabul qilish
huquqini berdi.
1529-yil-Ispaniya Filippin orollarini egalladi.
1540-yil Rim papasi Reformatsiyaga qarshi kurashish uchun “ Iso jamiyati ” yoki iyezuitlar (“ Iyezus” –
Iisus,Iso ) ordenini tasis etdi.
1540-yil-Hindistonda Sherxon Sur taxtni boburiylardan tortib oldi.
1543-yil-N.Kopernik,,Osmon jismalarini aylanishi haqida kitob” nomli kitobini chop etdi.
1543-yil-portugaliyalik Mendush Pintu Bungo viloyati hukmdori bilan Yaponiyaga turli tovarlar
ayriboshlash togrisida shartnoma imzoladi.
1547-1616 yillar-Migel de Servantes yashagan yillar.
1547-yil-Rusda Boyarlar dumasi Oliy davlat kengashi vazifasini o`tay boshlashi.
1547-yil-Rusda mitropolit Makariy Ivan IV ga Rossiya tarixida 1-bor podsholik tojini kiydirdi.
1548-1600 yillar-Jordano Bruno yashagan.
1549-yil-Ivan IV Zemstvo soborini chaqirdi.
1552-yil-Ivan Grozniy tomonidan Qozon shahri egallandi.
1553-1558-yillar-Angliyada Mariya hukmronligi davri.
1554-yil-Sherxon Sur avlodlari Hindistonni boshqargan.
1555-yil-Humoyun Sherxon Surdan taxtni tortib oldi.
@Dtm_tarixdan_testlar
1.6K viewsFinancier, 13:14
Ochish/sharhlash
2023-01-29 16:14:03 8-sinf O’zbekiston Tarixi
YILLAR
I BOB
1240-yilda Chingizxonning nabirasi, Jo’jixonning
(Chingizxonning katta o’g’li) o’g’li Botuxon Oltin
O’rda xonligiga asos soldi.
1425-yilda – Shaybon naslidan bo’lgan hukmdor
Davlatshayx vafot etdi.
1428-yilda –Sharqiy Dashti Qipchoqda
Abulxayrxon “O’zbek ulusi” davlatiga asos soldi.
1431-yilda – Abulxayrxon o’z davlatini Oltin
O’rdadan mustaqil deb e’lon qildi.
1446-yilda – Abulxayrxon Sirdaryoning o’rta
oqimida joylashgan Sig’noq, Oqqo’rg’on, Arquq,
O’zgan va Suzoq shaharlarini bosib oldi.
1447-yilda – Shohruh Mirzo vafo etdi.
1451-yilda – Abulxayrxon o’zidan madad
so’ragan temuriyzoda Abu Said Mirzoga
Samarqand taxtini egallashda yordam berish
bahonasida yurish boshlaydi.
1451-yilda – Mirzo Ulug’bek o’limidan so’ng
Movarounnahrdagi toji-taxt uchun kurashda
Mironshohning nabirasi Sulton Abu Said Mirzo
Abulxayrxon yordamida g’alaba qozondi.
1451-yilda – Muhammad Shayboniyxon tug’ilgan.
1455-1494-yillarda – Umarshayx Mirzo
yashagan yillar.
1458-yilda – Xuroson hukumdori Abulqosim
Bobur vafot etgach, Abu Said Xurosonni ham
egalladi.
1468-yilda – Abulxayrxon vafot etgach, u tuzgan
O’zbek ulusi davlati parchalanib ketdi.
1469-yilda – Abu Said Mirzo avval temuriylar
tasarrufida bo’lgan Eronning g’arbiy qismini
egallab olgan oq qo’yinlilarga qarshi kurashda
halok bo’ldi.
1480-yilda – Muhammad Shayboniyxon bobosi
bunyod etgan O’zbek ulusi davlatini qayta tikladi.
1483-yil 14-fevralda – Bobur Mirzo Andijon
shahrida tug’ilgan.
1494-yilda – Umarshayx Mirzo baxtsiz hodisa
tufayli halok bo’lgach, hokimiyat 12 yoshli Bobur
Mirzo Andijon taxtiga o’tiradi.
1495-yilda – Movarounnahr taxtini Boysung’ur
Mirzo egalladi.
1497-yilda – Boysung’ur Bobur Mirzoning hujumi
natijasida qal’aga yashirinishga majbur bo’ldi.
1498-yilda – Boysung’urning ukasi Sulton Ali
Mirzo Movarounnahr taxtini egallaydi.
1500-yilda – Bobur va Jahongir Mirzo o’rtasidagi
sulhga ko’ra Sirdaryoni shimoliy tarafi Axsi shahri
bilan Jahongirda va daryoni janubiy tomoni
Andijon shahri bilan Boburda qoldi.
1500-yilda – onasining gapi bilan ish tutgan
Movarounnahr hukmdori Sulton Ali Mirzoning
kaltabinligi sababli Shayboniyxon Samarqandni
qisqa muddatga jangsiz egalladi.
1500-yilning kuzida – Bobur Mirzo
Samarqandga yurish boshladi va taxtni ikkinchi
martta egalladi.
1501-yilda – olti oylik qamaldan so’ng
Shayboniyxon Bobur Mirzoga sulh taklif etdi.
1501-yilda – Muhammad Shayboniyxon
Samarqandni uzil-kesil bo’ysundirdi.
1503-yilda – Toshkent va Shohruhiya shaharlari
Muhammad Shayboniyxon tomonidan egallandi.
1504-yilda – Farg’ona Muhammad
Shayboniyxon tomonidan egallandi.
1504-yilda – Bobur Mirzo Kobul
viloyatida(hozirgi Afg’onistonning poytahti) o’z
hokimiyatini o’rnatdi.
1505-yilda – Muhammad Shayboniyxon
Xorazmga yurish qildi va uni ham egalladi.
1505-yilning kuzida – Muhammad
Shayboniyxon Xurosonga yurish boshladi.
1506-yilda – Muhammad Shayboniyxon Balxni
egalladi.
1506-yilda – Sulton Husayn Boyqaro vafot etdi.
Xurosonda qo’shhokimiyatchilik vujudga keldi.
1507-yilda – Muhammad Shayboniyxon Hirotni
egalladi.
1510-yilda – Muhammad Shayboniyxon va
Ismoil Saffaviy qo’shinlari to’qnashadi.
1523-1603-yillarda – Gulbadanbegim yashagan
yillar
@Dtm_tarixdan_testlar
1.5K viewsFinancier, 13:14
Ochish/sharhlash
2023-01-28 20:17:33 Test boshlandi.

Test raqami: 396
Test nomi: Tarix
Savollar soni: 30 ta

Javoblarni @abituriyent_testlar_bot ga quyidagi ko'rinishda yuborishlari mumkin:

396*abcdac... (30 ta)

yoki
396*1a2b3c4d5a...


Eslatma!
Javoblar aynan
@abituriyent_testlar_bot ga yuborilishi shart, boshqasiga emas.
1.9K viewsFinancier, 17:17
Ochish/sharhlash
2023-01-28 17:10:48 Tarixdan Testlar | DTM:
11-sinf O’zbekiston tarixi
Yillar

1980-yillarning oxiri
1990-yillarning boshlarida
O‘zbekistonda ijtimoiy keskinlikning kuchaydi.
1980-yillarning oxiriga kelib barcha ittifoqdosh 
respublikalar qatorida O‘zbekiston aholisi- ning ham 
yashash sharoitlarini og‘irlashtirib, uni ko‘plab 
muammolar iskanjasiga solib qo‘ydi.
1989–1990-yillarda bir yarim milliondan ko‘proq oilaga
qo‘shimcha yer ajratildi, 700 ming oilaga tomorqa 
yerlari berildi.
1989-yilda yurtimizda dastlabki milliy-madaniy 
markazlar koreyslar, qozoqlar, yahudiylar, armanlar 
tomonidan respublika viloyatlarida tashkil etilgan.
XX asr 90-yillarining boshida saylovlar, saylov 
o‘tkazish tartiblari to‘g‘risida bir qator qonunlar qabul 
qilindi.
1990–1994-yillarda mamlakatimiz parlamenti Oliy 
Kengash nomi bilan atalib, 150 deputatdan iborat edi.
1990-yil 15-noyabrda O‘zbekiston Prezidentining 
“O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar 
Mahkamasining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 
farmoni qabul qilindi.
1990-yil 1-noyabrda qabul qilingan O‘zbekiston 
Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida ijroiya 
va boshqaruv hokimiyatining tuzilishini 
takomillashtirish hamda O‘zbekiston SSR 
Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o‘zgartirish va 
qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni qabul 
qilindi.
1990-yil 20-iyun kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Kengashining II sessiyasida yangi 
Konstitutsiya ishlab chiqish lozim, degan xulosaga 
kelindi.
1990-yil 20-iyun kuni O‘zbekiston SSR Oliy 
Kengashining II sessiyasida O‘zbekiston SSRning
Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilindi.
1990-yil 24-martda O‘zbekiston Respublikasida 
prezidentlik institutining vujudga kelishi mamlakatimiz 
milliy davlatchiligining rivojlanishida mutlaqo yangi 
bosqichni boshlab berdi.
1990-yil 2-iyun kuni “Musulmonlarning Saudiya 
Arabistoniga haj qilishi to‘g‘risida”gi farmon e’lon 
qilindi.
1990-yilda musulmonlarning Haj ziyoratiga borishini 
kafolatlaydigan Prezidentning maxsus farmoni qabul 
qilindi.
1990-yilda O’zbekistonga aholi iste’moli uchun zarur 
bo‘lgan g‘allaning 82%, kartoshka, go‘sht va go‘sht 
mahsulotlarining 50%, sut va sut mahsulotlarining 60 
foizi chetdan keltirilar edi.
1990-yilda yurtimizda aholining o‘rtacha umr ko‘rish 67 
yoshni tashkil etgan.
1990-yilning mart oyida O‘zbekistonning yangi 
Konstitutsiyasini tayyorlash g‘oyasi dastlab Islom 
Karimov tomonidan ilgari surildi.
1991–1993-yillarda O‘zbekiston sobiq Ittifoqdan 
qolgan rubl zonasida bo‘lib turdi.
1991–1994-yillarda yurtimizda 73 ta muzey mavjud 
bo‘lgan bo‘lgan.
1991-1996-yillar Kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni rivojlantirishning birinchi bosqichi 
hisoblanadi.
1991–2000-yillarda qishloqda amalga oshirilgan tub 
agrar islohotlar O’zbekiston qishloq hayotini yangi shakl 
va tizimga o‘zgartirib yubordi.
1991-yil “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar 
to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi.
1991-yil 15-fevralda O‘zbekiston Oliy Kengashi 
“O‘zbekistonning davlat ramzlari to‘g‘risida” maxsus 
qaror qabul qildi.
1991-yil 18-noyabrda mamlakatimizda prezidentlik 
saylovlarini tartibga soluvchi “O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.
1991-yil 18-noyabrda O‘zbekiston Oliy Kengashi 
“Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonun qabul qildi.
1991-yil 18-noyabrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasi 
“O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i 
to‘g‘risida”gi qonun qabul qildi.
1991-yil 19–21-avgust kunlari sobiq ittifoq poytaxti 
Moskva shahrida ro‘y bergan davlat to‘ntarishi sababli 
mamlakat halokat girdobiga kelib qoldi.
1991-yil 1-sentabr O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik kuni
@DTM_Tarixdan_testlar
2.0K viewsABDULAZIZ ABDUHOLIQOV, 14:10
Ochish/sharhlash