Get Mystery Box with random crypto!

BBA Surxondaryo viloyati bo'limi

Telegram kanalining logotibi dtm_surxondaryo — BBA Surxondaryo viloyati bo'limi B
Telegram kanalining logotibi dtm_surxondaryo — BBA Surxondaryo viloyati bo'limi
Kanal manzili: @dtm_surxondaryo
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 322
Kanalning ta’rifi

Bilimni baholash agentligi Surxondaryo viloyati bo'limining telegramdagi rasmiy kanali.
Manzil: Termiz shahri, A.Navoiy ko‘chasi 42 Termiz olimpiya zahiralari kolleji.
Murojaat uchun tel: 76-225-16-45.

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

3

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-07-06 16:15:36 #Qabul2022
Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imithon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlari

Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan chet tilidan kasbiy (ijodiy) imithon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi.

Mazkur ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar B1 darajasi formati va baholash mezonlari asosida o‘tkaziladi.

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan abituriyentlarga OTMlarga kirish test sinovlarida chet tili fanidan belgilangan maksimal ballga nisbatan foiz hisobida tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan yo‘nalishlarni tanlagan abituriyentlarga faqat yuqorida keltirilgan 6 ta OTMning tegishli ta’lim yo‘nalishlari doirasida beshtagacha ta’lim yo‘nalishlarini tanlash imkoniyati beriladi.

Bunda, chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradigan abituriyentlarga chet tili fanidan test sinovlari topshiriladigan ta’lim yo‘nalishlarni tanlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
126 views13:15
Ochish/sharhlash
2022-07-06 12:49:28 #Qabul2022
Alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati

Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi.

Alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlardan tashqari majburiy uchta fan:

ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili);
matematika;
O‘zbekiston tarixi fanlari bo‘yicha Davlat test markazi tomonidan test sinovlari o‘tkaziladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
122 views09:49
Ochish/sharhlash
2022-07-06 12:46:28 #Qabul2022
Yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos fanlar majmuasi

Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan 2022-2023-o‘quv yilida tashkil etilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
112 views09:46
Ochish/sharhlash
2022-07-06 12:46:28 #Qabul2022
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga kirish test sinovlari stadion va xiyobonlarda o‘tkaziladi

Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasining 1-son bayoni tasdiqlandi.

Unda 2022-2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlari stadion va xiyobonlarda o‘tkazilishi belgilandi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
110 views09:46
Ochish/sharhlash
2022-07-06 12:46:28
#Qabul2022
2022-2023-o‘quv yili uchun Javoblar varaqasi namunasi

Davlat komissiyasining 2022-yil 22-apreldagi 13-son bayoni bilan 2022-2023-o‘quv yili qabulida kirish test sinovlarida abituriyentning bilimini baholash uchun javoblar varaqasi namunasi tasdiqlangan.

Javoblar varaqasining namunasi bilan yuqoridagi rasmda tanishish mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
130 views09:46
Ochish/sharhlash