Get Mystery Box with random crypto!

Fevral oyi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi 20 | DTM Milliy sertifikatlari

Fevral oyi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

2022-yil fevral oyida bo‘lib o‘tadigan chet tilini bilish darajasini baholash test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti orqali 2022-yil 31-yanvardan 2022-yil 10-fevralga qadar amalga oshiriladi.

Ro‘yxatdan o‘tish vaqtida talabgorlar imtihon topshirish hududi sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan birini tanlab, o‘zlari tanlagan hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Test sinovlari 28-fevral kunidan boshlanib, ingliz, nemis, fransuz, italyan, xitoy, koreys, turk, arab, fors, urdu va dari tillaridan B1, B2 va C1 tilni bilish darajalari bo‘yicha o‘tkaziladi.

Test natijalariga ko‘ra B2 yoki undan yuqori darajadagi sertifikatga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga kirishda chet tili fanidan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi.

Shuningdek, ta’lim muassasalarining C1 darajadagi sertifikatga ega xorijiy tillar o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lanadi.

Eslatma: ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar 9-10-11-fevral kunlari o‘zlari tanlagan test topshirish hududidagi Davlat test markazining hududiy bo‘limiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan borgan holda barmoq izi topshirishi lozim!

@dtm_sertifikat