Get Mystery Box with random crypto!

Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari yaqin. Bu borada | PIIMA | 2023

Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari yaqin. Bu borada yoshlar uchun qanday imkoniyatlar bor?

Prezident granti. 2021-yildan oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yoshlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti granti joriy qilingan. Batafsil.

Olimpiada gʻoliblari. Asosiy olimpiadalarning respublika bosqichida 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga ixtisoslik fani bo‘yicha davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqini beruvchi va uch yil muddat davomida amal qiluvchi sertifikat taqdim qilinadi. Batafsil.

Xotin-qizlar uchun. Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega, lekin oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan 500 nafar xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tavsiyanomalariga asosan davlat oliy ta’lim muassasalariga umumiy kvotadan tashqari alohida test sinovlari natijalariga muvofiq kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi. Batafsil.

Test sinovlarida qatnashish uchun toʻlov undirilmaydigan yoshlar. O‘qishni test o‘tkazilayotgan yili tugatgan bitiruvchilar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, mehribonlik uylari bolalari, bolalar shaharchasining bitiruvchilari, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kirgan yoshlardan test sinovlarida ishtirok etish uchun to‘lov undirilmaydi. Batafsil.

Kanalga ulanish:
@masofatalim